Qozogʻiston va Turkiya Kaspiy dengizida xavfsizlikni taʻʻminlash boʻyicha hamkorlik qiladi
Qozogʻiston va Turkiya Kaspiy dengizida xavfsizlikni taʻʻminlash sohasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishdi. Ushbu hamkorlik, jumladan, neftʻ toʻkilishi, kema halokati va yongʻinlarida tezkor chora koʻrish imkoniga ega “professional favqulodda qutqaruv xizmati”ni yaratish, dengiz va quruqlikda turli operatsiyalarni amalga oshirishda zarur zamonaviy texnologiyalarni taqdim etishni koʻzda tutadi.
Qozogʻiston
va Turkiya delegatsiyalari Kaspiy dengizida xavfsizlikni taʻʻminlash sohasidagi
hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deya xabar bermoqda Anadolu Qozogʻiston
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.
Qayd
etilishicha, Qozogʻiston FVV rahbari Chingiz Arinov poytaxt Ostonada milliy mudofaa vaziri
oʻrinbosari Bilal Durdali boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashgan.
Turkiya Milliy
mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi Military Factory and Shipyard Operation Inc. (ASFAT) kompaniyasi rahbari Behchet Karatash dengiz xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda chora koʻrish uchun kema va resurslarni saqlash sohasidagi hamkorlikni baholadi.
Turkiyaning muhim va
ishonchli sherik ekanini qayd etgan Arinov kemasozlik sohasida hamkorlikning ikki tomonlama munosabatlarda muhim elementga aylanishi mumkinligini taʻʻkidladi.
Vazirning aytishicha, ular Qozogʻiston Kaspiy dengizidagi favqulodda vaziyatlarda zudlik bilan chora koʻra oladigan “professional favqulodda qutqaruv xizmati”ni yaratish imkoniyatini koʻrib chiqishmoqda.
FVV
rahbari shu kabi ishlar tufayli Kaspiy dengizida xavfsizlikni taʻʻminlash, neftʻ toʻkilishi, kema halokati va yongʻinlarida chora koʻrish, shuningdek, qutqaruv ishlari kabi dengiz va quruqlikdagi turli operatsiyalarni darhol amalga oshirish mumkinligini taʻʻkidladi.
Turkiya tomoni yuqorida tilga olingan vazifalarini bajarishga qodir zamonaviy texnologiyalarni taklif etgan uchrashuvda Kaspiy dengizida xavfsizlikni taʻʻminlash sohasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishildi.