Jahon banki Kaspiy dengizi sathining pasayishi boʻyicha tadqiqot olib boradi
Jahon banki mutaxassislari Kaspiy dengizi sathining pasayishi boʻyicha tadqiqot olib boradi. Ular 18 oy davomida avvalgi tadqiqotlar, mintaqaviy iqlim modellari natijalarini bosqichma‑bosqich oʻrganib, gidrologik modellarni tayyorlashadi.
Jahon banki mutaxassislari Kaspiy dengizi sathining pasayishi boʻyicha
tadqiqot olib boradi. 7 fevralʻ kuni Jahon banki mutaxassislari tadqiqot ishlari
olib boruvchi guruh bilan tanishish maqsadida KAspiy dengizi sohilidagi Aktau dengiz
portiga tashrif buyurishdi.
Shunday
qilib, keyingi 18 oy davomida HR Wallingford mutaxassislari Kaspiy dengizi boʻyicha oldingi tadqiqotlar
maʻʻlumotlari, mintaqaviy iqlim modellari (RCM) natijalarini bosqichma-bosqich
oʻrganib, raqamli
balandlik modeli va suv havzalarining gidrologik modelini tayyorlaydilar.
Kelajakdagi iqlim oʻzgarishi stsenariylarini simulyatsiya qilish uchun
dasturiy taʻʻminot (TELEMAC) yordamida butun Kaspiy dengizi hamda Aktau portini gidrodinamik
modellashtirish ishlari
ham amalga oshiriladi.
Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan maʻʻlumotlar va tavsiyalar Aktau porti infratuzilmasi
va uskunalarini rekonstruktsiya hamda
modernizatsiya qilish boʻyicha keyingi loyihalarda qoʻllaniladi.
Maʻʻlumot
uchun, soʻnggi oʻn yilliklarda Kaspiy dengizi sathining pasayishi ushbu ichki
suv havzasiga tutash mamlakatlarning ekologiyasi, iqtisodiyoti va ijtimoiy
jihatlariga taʻʻsir qiluvchi jiddiy muammoga aylandi. Mutaxassislar bu hodisaning
uzoq muddatli oqibatlari, jumladan, biologik xilma-xillikning yoʻqolishi, suv va
havo sifatining yomonlashishi hamda iqtisodiy barqarorlikka tahdidlar haqida
xavotir bildirishdi.