16.12.2023 07:48

Gʻazo-Misr chegarasida yana bir post vaqtincha ochildi

Isroil hukumati Misrdan gumanitar yordam olib ketayotgan yuk mashinalarining chegaradagi “Rafah” oʻrniga Gʻazo sektoridagi “Kerem Shalom” nazorat-oʻtkazish punktiga (NOʻP) qaytishi uchun ushbu NOʻPni vaqtincha ishga tushirishga ruxsat berdi. Bu haqda Isroil bosh vaziri idorasi maʻʻlum qildi, deya xabar beradi TASS.

Hisobotda Gʻazo sektoriga shu yoʻl bilan Misrdan faqat insonparvarlik yordami etkazilishi qayd etilgan.

Bungacha Isroil hukumatining Falastin hududlaridagi muvofiqlashtirish boshqarmasi (COGAT) Gʻazo sektoriga yana 193 ta gumanitar yuk mashinasi kirib kelgani haqida xabar bergan edi.

JSST “Kerem Shalom” oʻtish joyining ochilishini "yaxshi xabar" deb atadi, ammo yordam Gʻazo sektoridagi barchaga etib borishi kerak

Insonparvarlik yordamlarining Gʻazo shimoliga, shu jumladan zoʻrgʻa ishlayotgan 3 kasalxonaga etib borish hali ham "imkonsiz", dedi JSST vakili

Mavzuga aloqador