Qirgʻiziston-Xitoy chegarasida 7 ballik zilzila sodir boʻldi
Qirgʻiziston-Xitoy chegarasida 7 ballik zilzila sodir boʻldi. Uning kuchi Oʻzbekiston va Qozogʻiston shaharlarida ham sezildi.
22 yanvarʻ
kuni Toshkent vaqti bilan 23:08 da Xitoy-Qirgʻiziston chegarasida zilzila
sodir boʻldi. Oʻzbekiston FVV Seysmoprognostik
monitoring Respublika markazi maʻʻlumotlariga koʻra, Zilzila koordinatalari:
41,05 gradus shimoliy kenglik; 79,51 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=7.
Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 862 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston
hududida sezilish kuchi:
Andijon viloyatida 3-4 ball, 602 km.
Fargʻona viloyatida 3-4 ball, 656 km.
Namangan viloyatida 3-4 ball, 657 km.
Toshkent shahrida 3 ball, 862 km.
Qozogʻiston
FVV maʻʻlumotlariga koʻra, Olma Ota shahrida ham ushbu er osti silkinishlari taʻʻsiri
sezilgan. Ushbu shaharda zilzila magnitudasi 6,7 ni tashkil etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa
oqibatida koʻplab shaharliklar uylarini tark etib, xavfsiz joyga chiqib olgani aks
etgan videolar tarqaldi.