07.07.2025 08:01
84

Qirgʻiziston rossiyaliklarga fuqarolik bermaydi



Qirgʻiziston rossiyaliklarga fuqarolik berish vaqtincha toʻxtatdi. 

Qirgʻiziston pasportlari boʻyicha maslahatchi Mixail Juxovitskiy joriy yilning 24 yanvaridan keyin topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmasligini maъlum qildi.

"Qirgʻizistonni unuting. Endi fuqarolik olish imkonsiz. Har qancha pul evaziga ham", degan u. Juxovitskiyga koʻra, endi Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi birorta ham shaxsni fuqarolikka maъqullamaydi.  

Gap shundaki, AQSh va Evropa Ittifoqi sanktsiyalari sababli rossiyaliklar orasida Qirgʻiziston pasportini olish usuli ommalashdi. Bu boshqa mamlakatlarda bank kartalari ochish, viza olish va biznes yuritishga yordam berdi. Masalan, 2022 yilda 2 mingdan ortiq kishi Qirgʻiziston pasportini olgan. Rossiyaning ayrim elitasi vakillari ham Qirgʻiziston fuqarosiga aylandi.

Mavzuga aloqador