12.06.2025 07:25
111
Prezident Afgʻoniston sanoat va savdo vazirini qabul qildi
Kecha, 11 iyunь kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan Afgʻoniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi.
Qayd etilishicha, vazir Oʻzbekiston rahbariga Afgʻoniston rahbariyatining salomini etkazgan.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika va qishloq xoʻjaligi sohalari, shuningdek, geologiya-qidiruv va konchilik sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoev iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash muhimligini taъkidlagan.
"Hayraton" sanoat markazini tezroq qurish va unda farmatsevtika mahsulotlari, mebelsozlik, toʻqimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini joylashtirish zarurligini aytib oʻtgan.
Prezident, shuningdek, Transafgʻon temiryoʻli va "Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurilishi kabi yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.