Polʻsha parlamenti 1944 yilda qrim tatarlarining deportatsiya qilinishini genotsid akti deb tan olgan rezolyutsiyani qabul qildi. Qaror mutlaq koʻpchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlandi: 414 nafar deputat yoqlab, 16 nafari qarshi ovoz berdi, ikki nafari betaraf qoldi.

“1944 yil 18 may kuni ertalab Sovet Ittifoqi hukumati qrim tatarlarini Qrim yarim orolidan deportatsiya qilishni boshladi, bor-yoʻgʻi uch kun ichida 200 mingga yaqin odamni Oʻrta Osiyo va Sibirga majburan koʻchirdi”.

Polʻsha qonunchilari Rossiyaning 2014 yilda Qrimni annektsiya qilganini ham qoralab, buni xalqaro huquq va BMT Nizomini “qoʻpol ravishda buzish” deb atadi.

 “1944 yilda qrim tatarlarining Qrimdan deportatsiya qilinishi qrim-tatar xalqiga qarshi genotsid akti edi”, — deyiladi hujjatda.

Polʻsha Kanada, Ukraina, Latviya va Litvadan keyin qrim tatarlarining deportatsiyasini genotsid deb tan olgan beshinchi davlat boʻldi.

Tarixiy maʻʻlumotlar: 1944 yil 18 mayda Iosif Stalin boshchiligidagi sovet rejimi oʻn minglab qrim tatarlarini natsistlar bilan hamkorlikda ayblab, Markaziy Osiyoga surgun qildi. Maʻʻlumotlarga koʻra, deportatsiya qilinganlarning deyarli yarmi surgunning ogʻir sharoitlarida ochlik va kasallikdan vafot etgan.

Mavzuga aloqador