30.12.2023 10:04

JAR Isroilni genotsidda ayblab xalqaro sudga murojaat qildi

JAR Isroil BMTning 1948 yilgi Genotsidning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konventsiyasini buzganlikda ayblamoqda.

Janubiy Afrika Respublikasi Isroil 7 oktyabrdan beri Gʻazo sektorida sodir etgan qilmishlari bilan BMTning 1948 yilgi Genotsidning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konventsiyasini buzganligi sababli BMT Xalqaro sudiga murojaat qildi.

Xalqaro sud yozma bayonotida JARning Isroilning Gʻazo sektoridagi falastinliklar bilan bogʻliq Genotsid konventsiyasi doirasidagi majburiyatlarini buzganiga asoslanib ariza berganini bildirdi.

Bayonotda aytilishicha, JAR Isroil "2023 yil 7 oktyabrdan beri genotsidning oldini ololmagani hamda genotsidga toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq-oydin daʻʻvatni taʻʻqib etmagani" sababli unga qarshi sud taqiqi qoʻyilishini talab qilmoqda.

Bayonotda aytilishicha, “Isroilning harakatlari va harakatsizligi genotsid hisoblanadi, chunki ular genotsid uni amalga oshirish boʻyicha aniq maqsadlar bilan sodir etilgan”. Qayd etilishicha, amalga oshirilgan harakatlar “Gʻazodagi falastinliklarni yoʻq qilishga” qaratilgan.

“Isroil hukumati hukumat amaldorlari va boshqa shaxslar hamda tuzilmalar orqali hukumat amaldorlari va boshqalarning koʻrsatmasi, topshirigʻi, nazorati yoki taʻʻsiri bilan Gʻazodagi falastinliklarga qarshi harakatlari bilan Genotsid konventsiyasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzmoqda”, - deyiladi bayonotda.

JAR Genotsid konventsiyasining 9-moddasiga asoslanadi

Genotsid toʻgʻrisidagi konventsiyaning 9-moddasiga muvofiq, Konventsiya moddalari davlat tomonidan buzilgan taqdirda, Konventsiyaning har qanday ishtirokchi-davlati xalqaro sudga buzgʻunchi davlatga qarshi daʻʻvo bilan murojaat qilishi mumkin.

Agar oʻta zarurat tugʻilsa, Xalqaro sud jarayon tugagunga qadar huquqbuzarliklarni toʻxtatish toʻgʻrisida vaqtinchalik koʻrsatma berishi mumkin.

Avvalroq, 2019 yilning 11 noyabrʻ kuni Gambiya davlati Islom hamkorlik tashkiloti nomidan Rohinja musulmonlari genotsidini tekshirish uchun Xalqaro sudga murojaat qilgan edi.

Mavzuga aloqador