11.01.2024 12:50

Gaagada Isroilning Gʻazo aholisiga nisbatan qatliomi boʻyicha tinglovlar boshlandi

Gollandiyaning Gaaga shahridagi BMT Xalqaro sudida Janubiy Afrika Respublikasining Isroil ustidan Gʻazodagi qatliomi boʻyicha daʻʻvosini koʻrib chiqishni boshladi.

Sud majlislarida Xalqaro sud raisi Joan Donoxue, janubiy afrikalik sudʻya Diggang Ernest Mosenek, isroillik sudʻya Aaron Barak ishtirok etadi.

“Men JARdan bu ishni oʻz zimmasiga olgani uchun juda minnatdorman, chunki bu erda gap (qatliom) oldini olish haqida ketmoqda, qatliomning oldini olish barqamizning majburiyatiiz hisoblanadi. Qatliom soʻzini ishlatish – oʻta jiddiy masala va biz unga engil yondashmasligimiz kerak. Biroq Gʻazo bilan bogʻliq vaziyat, jumladan, ichimlik suvining uzilishi, tibbiyot muassasalari va odamlarning koʻchirilishi – savol berish mumkin”, - dedi ekspert, BMT bosh kotibining sobiq oʻrinbosari Adam Dieng.

Eslatib oʻtamiz, dekabrʻ oyi oxirida JAR Isroilni qatliomda ayblab Xalqaro sudga bergan edi. Uning daʻʻvosini qator mamlakatlar, jumladan, Braziliya, Iordaniya, Misr, Saudiya Arabistoni va boshqalar qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. AQSh esa qarshi chiqdi.  

Avvalroq Isroil tashqi ishlar vazirligi mamlakatning xorijiy davlatlardagi elchixonalariga JARga qarshi bayonotlar berish hamda Isroilning Gʻazodagi harakatlarini oqlashlari uchun siyosatchi va diplomatlarga bosim oʻtkazishni topshirgani haqida yozgan edik.

Mavzuga aloqador