Qrim tatar
Qrim-tatarlar deportatsiya qilinganiga 80 yil boʻldi
Iosif Stalinning buyrugʻi bilan 1944 yil 18 mayda oʻn minglab qrim tatarlari oʻz vatanlaridan badargʻa qilindi. 15 daqiqa ichida 259 mingga yaqin qrim tatarlari, asosan, keksalar, ayollar va bolalar maydonga olib kirilib, hayvonlarni tashish uchun aravalarga oʻtqazildi. Gʻayriinsoniy sharoitda deportatsiya qilingan Qrim tatarlarining yarmi manziliga etib bormay, yoʻlda halok boʻldi.
Davomini o'qish...18.05.2024 17:15Polʻsha qrim tatarlari deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
Польша парламенти 1944 йилда қрим татарларининг депортация қилинишини геноцид акти деб тан олган резолюцияни қабул қилди. 1944 йил 18 майда Иосиф Сталин бошчилигидаги совет режими 200 мингдан зиёд қрим татарларини нацистлар билан ҳамкорликда айблаб, Марказий Осиё ва Сибирга сургун қилган. Мажбурий кўчирилганларнинг қарийб ярми сургуннинг оғир шароитларида очлик ва касалликдан вафот этган.
Davomini o'qish...13.07.2024 09:34