20.06.2025 17:09
364

Oʻzbekistondagi diniy taъlim muassasalariga 25 iyundan qabul boshlanadi



Oʻzbekistondagi oliy va oʻrta maxsus diniy taъlim muassasalariga qabul joriy yilning 25 iyunь kunidan boshlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, qabul jarayonlari quyidagi oliy taъlim muassasalarida boʻlib oʻtadi:

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti;
Mir Arab oliy madrasasi;
Hadis ilmi maktabi;
Imom Termiziy nomidagi islom instituti va barcha oʻrta maxsus islom taъlim muassasalarida;
Qabul jarayonlari esa 25 iyunь kunidan 20 iyulga qadar davom etadi.

Oliy diniy taъlim muassasalariga oʻqishga kirishni istagan abiturientlar qabul hayъatiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

taъlim muassasasi rektori nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
oʻrta maxsus islom taъlim muassasasini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli koʻrsatiladi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
Qolaversa, xorijiy davlatlardagi diniy taъlim muassasalarini tamomlagan va Oʻzbekistonda nostrifikatsiyadan oʻtkazilgan diplomga ega boʻlgan abiturientlar (Oʻzbekiston fuqarolari) ham hujjat topshirishlari mumkin.

Oʻrta maxsus islom taъlim muassasalariga oʻqishga kirish istagida boʻlgan abiturientlar esa qabul hayъatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

taъlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
maъlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom nusxasi (asli koʻrsatiladi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
chet tilini bilishi toʻgʻrisidagi hujjat asl nusxasi (maъlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun). 
Maъlumot uchun, oliy va oʻrta maxsus diniy taъlim muassasalarining test sinovlarida ishtirok etishi uchun abiturientlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (187 ming 500 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi. Joriy yilda oʻqishni tamomlab, oʻrta maxsus islom taъlim muassasalariga hujjat topshirayotgan abiturientlardan esa toʻlov undirilmaydi. 

Mavzuga aloqador