26.09.2025 12:20
174
Oʻzbekiston va AQSh yadroviy hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffarbek Madrahimov va AQSh davlat kotibining qurollarni nazorat qilish hamda xalqaro xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Brent Kristensen yadroviy hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Kristensenning taъkidlashicha, Vashington terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik sohasidagi boshqa umumiy chaqiriqlar masalalaridagi hamkorlik uchun Toshkentga minnatdorlik bildirgan.
AQSh Davlat departamenti vakilining X ijtimoiy tarmogʻida yozishicha, AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar mustahkam asosga ega. Jumladan, yadroviy energetika, muhim minerallar va boshqa tarmoqlarda investitsiya salohiyati oʻsib bormoqda.
U yadroviy hamkorlikka oid memorandum imzolanishi ikki mamlakat oʻrtasida atom energetikasi sohasida kengroq hamkorlik uchun asos yaratishini bildirgan.