13.03.2025 16:07

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston rahbarlari uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi boʻyicha tarixiy shartnomani imzolashga kelishib oldi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Bishkekdagi rasmiy tashrif chogʻida maъlum qildi.

Maъlumotlarga koʻra, mazkur shartnoma joriy yilning 31 mart kuni Xoʻjand shahrida uch mamlakat prezidentlari tomonidan imzolanadi. Bu qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi chegara masalalari boʻyicha erishilgan yirik diplomatik yutuqlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, bunday hujjatlar chegara hududlaridagi koʻp yillik kelishmovchiliklar, bahslar va noaniqliklarga barham berish, hududiy yaxlitlikni mustahkamlash va xalqlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Eslatib oʻtamiz, bunga oʻxshash chegara aniqlash boʻyicha shartnoma 2017 yili Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasida imzolangan edi. Bu ham chegara masalalarini tinch yoʻl bilan hal etish va mintaqa xavfsizligini mustahkamlash yoʻlidagi katta qadam sifatida baholangan.

Mavzuga aloqador