22.04.2024 12:34

Oʻzbekiston prezidenti qisqa taʻʻtilga chiqdi, Turkiya va Ozarbayjon rahbarlari esa safarga

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev qisqa muddatli mehnat taʻʻtiliga chiqdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon esa 12 yillik tanaffusdan soʻng ilk bor Iroqqa bir kunlik tashrif bilan bormoqda. Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliev Rossiyaga tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 apreldan qisqa muddatli taʻʻtilga chiqdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov. Taʻʻtil qancha muddat davom etishi maʻʻlum qilinmadi.

Bundan avval davlat rahbari 2023 yilning dekabrida, avvalroq esa 2022 yil yanvarida qisqa muddatli taʻʻtilga chiqqan edi.

Turkiya

Bugun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon 12 yillik tanaffusdan soʻng Iroqqa joʻnab ketdi. Bir kunlik tashrif davomida Erdoʻgʻon Bagʻdoddagi markaziy hukumat va Erbilda kurd mintaqaviy hukumati vakillari bilan uchrashadi.

Qayd etilishcha, mazkur tashrif Anqara va Bagʻdod munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqadi.

Anqarada qilingan baholar orasida uzoq tanaffusdan keyin amalga oshiriladigan tashrif ham vaqt, ham mazmun jihatdan tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi davrni boshlab beradi.

Tomonlar koʻplab kelishuvlarni imzolashi va mamlakatlar oʻrtasidagi muloqotni amaliy darajaga olib chiqishi kutilmoqda. Jumladan, Turkiya Iroq hukumatidan PKKni “terror tashkiloti” deb belgilashini kutmoqda.

Ozarbayjon

22 aprelʻ kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Kremlning bildirishicha, Aliev Moskvada Putin bilan muzokaralar olib boradi. Ikki davlat rahbarlari, jumladan, Rossiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini koʻrib chiqish, shuningdek, Janubiy Kavkazdagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashishni rejalashtirgan.

“Rossiya-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini koʻrib chiqish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

 

Mavzuga aloqador