21.02.2025 20:02

Olimlarni obroʻsizlantirish kimga kerak?


19 fevralь kuni Islom dushmanlari va ateistlarning qator kanallarida birvarakayiga, xuddi kimdir topshiriq bergandek, «Mubashshir Ahmadga nisbatan qidiruv eъlon qilingani» haqidagi postlar joylandi. Ushbu xabarlarda Mubashshir Ahmadning qoʻporovchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm va firibgarlik kabi jinoyatlarda ayblanayotgani qayd etildi.
«Dilnur Kamilov», «Muhabbat Nazar» «Daydi oʻq», «Mufasa», «Haqiqat qilichi», «Tafakkur qiling», «Asanov», «Abu Muslim» va boshqalar tanga topgan tentakdek shoshma-shosharlik bilan ustoz Mubashshir Ahmadni obroʻsizlantirishga qaratilgan xabarlarni birin-ketin ovoza qila boshlashdi.        
Baъzi yolgʻonchilar Mubashshir Ahmadga tuhmat qilgani etmaganiday, oʻzbek xalqini qoʻrqitib, «ushbu shaxsni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatayotgan va uning postlarini qoʻllab-quvvatlayotgan shaxslarning ham alohida ruyxati shakllantirilayotgani»ni qoʻshimcha qildi.
Ayniqsa, IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov «Qalampir.uz» nashriga Mubashshir Ahmad «OʻzJKning 2442-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi boʻyicha qidiruvga berilgani»ni aytgach, Islom dushmanlarining koʻchasida bayram boshlandi. Ular qaynar xumchadek ichidagi yiringlarini qusishni boshlab yubordilar. 
Oʻzining Xudosiz xojalariga sajda qiluvchi dahriylar «Falastinliklarni qoʻllab-quvvatlagan, hukumatning dinga qarshi siyosatini tanqid qilgan Mubashshir Ahmadni allaqachon qamash kerak edi», deya ochiq ayta boshlashdi. Musulmonlar diyorida Islomga qarshi, musulmonlarga qarshi istaganicha haqoratomuz soʻzlarini aytib, jazolanmay yurgan Kamilovga oʻxshash ateistlar yana oʻzlarining badboʻy hidlarini yon-atrofga sochib, «istalgan vaqtida Oʻzbekistonga bora olishi»ni pisanda qildi. 
Xayriyatki, ularning bu xursandchiliklari uzoqqa choʻzilmadi. Ustoz Mubashshir Ahmadga qarshi gʻaraz niyatda toʻqilgan yolgʻonning misi chiqib qoldi. Uning oʻta ogʻir jinoyatda ayblanayotgani haqidagi IIV tasdiqlagan maъlumot advokatlar tomonidan rad etildi.
Biroz oʻtib, IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov «Mubashshir Ahmad Jinoyat kodeksining 2442-moddasida nazarda tutilgan jinoyatda gumonlanmaganini, axborot tarqatishda «texnik xato»ga yoʻl qoʻyilgani»ni tan oldi.
Ushbu «texnik xato» nafaqat bir olimni obroʻsizlantirish va yakkalashga urinish sifatida koʻrildi, balki koʻplab islomofoblarning yuzini ham ochib tashladi. Ularning aslida kim ekanligini, bir musulmonning boshiga ish tushganidan qanchalik shodlanishini, qalblaridagi Islomga va musulmonlarga boʻlgan marazini fosh etdi.   

Ayni damda «Mubashshir Ahmadga hamfikr boʻlganlar, uning postlariga «layk» bosganlar qattiq tekshirilarkan», deb chapak chalayotganlarning uni oʻchdi. 
Shunga qaramay, musulmonlar Allohning har bir sinovi behikmat boʻlmasligini yaxshi tushunib turishibdi. Shu paytgacha ne-ne Islom ulamolariga tuhmat qilinmagan, turli yolgʻonlar bilan jamiyatda uni obroʻsizlantirishga, yakkalashga urinilmagan, deysiz. Ammo bu harakatlar qancha ortsa, ular shuncha aziz boʻlib boravergan, sinovlarda shu qadar toblanavergan. Turli fitnalar qoʻzgʻatishga uringan dinimiz dushmanlari esa, sharmanda boʻlib qolavergan.
«Ular Allohning Nurini (yaъni, Islomni) ogʻizlari (yaъni, behuda gaplari) bilan oʻchirmoqchi boʻladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) yomon koʻrsalar-da, faqat Oʻz nurini komil qilishni (yaъni, har tarafga yoyishni) istaydi» («Tavba» surasi 32-oyat).
Biz bugun IIV bu xabarni qanday maqsadda tarqatganini ham bilamiz. Ustoz Mubashshir Ahmadning huquqlarini himoya qilayotgan advokatlar u haqida atay xato «qilib» tarqatgan yolgʻon xabarlari uchun ham «xato» qilganlar ustidan daъvo kiritishadi. Zero, oʻzlari takrorlayotgan modda yonida bittagina raqamchasi boshqa yana bitta modda ham bor: «2446-modda. Yolgʻon axborot tarqatish». 
Yana boshqa moddalar ham borki, ularda shaxsning huquqlarini poymol qilish, obroʻsizlantirishga urinish va hokazolar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. 
Gʻaraz niyatda yolgʻon yoki «texnik xato»si bor xabarlarni tarqatganlar ustozimiz Mubashshir Ahmadning Turkiyadagi maveini hasad bilan pastlatmoqchi boʻldilar, attang, maqsadlariga erisha olmadilar va erisha olmaydilar ham! Zero, «Alloh aziz qilganni bandasi xor qilolmas».
Biror xabar eshitsangiz, aql tarozisiga solib koʻrib, keyin xulosa chiqaring!
Turli xabarlardan eng avval «xabardor» qilinadigan gʻalamislarga esa, Alloh kifoya qilsin!

Mavzuga aloqador