Oʻzbekiston Oliy sudi taqiqlangan manbalarning yangi roʻyxatini eʻʻlon qildi. 2019 yildan hozirga qadar Oliy sudning 80 dan ziyod hal qiluv qarori asosida 1 000 dan ortiq manba taqiqlangani aytilmoqda.

Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan 2019-2024 yillarda internet jahon tarmogʻidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) roʻyxati eʻʻlon qilindi.

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning maʻʻlum qilishicha, buzgʻunchilik va vayronakorlikni targʻib qiluvchi manba va materiallarni sud tartibida taqiqlash amaliyoti xorijiy davlatlarda ham keng qoʻllaniladi.

Qayd etilishicha, diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet nashrlar, kanallar, sahifalar, profillarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qoʻyish yuzasidan masʻʻul tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Taʻʻkidlanishicha, bunday jinoiy qilmishlarga nisbatan amaldagi qonunchilikda qatʻʻiy javobgarlik belgilab qoʻyilgan.

Mavzuga aloqador