Turkiya parlamenti spikeri Nurlan Kurtulmush Islom hamkorlik tashkiloti parlamentlar ittifoqining Livan va Gʻazo sektoridagi urushlarga bagʻishlangan yigʻilishida ummatni “insoniyat uchun muhim davrda” birlashishga chaqirdi. “Isroilning kuchi armiyasida ham, jahon moliya bozori va matbuotdagi hukmronligida ham, hatto homiylarida ham emas. Isroilning qudrati – islom dunyosini boʻlib tashlashdadir”, – dedi u.

Turkiya parlamenti spikeri Nurlan Kurtulmush Islom hamkorlik tashkiloti parlamentlar ittifoqining Livan va Gʻazo sektoridagi urushlarga bagʻishlangan yigʻilishida ummatni “insoniyat uchun muhim davrda” birlashishga chaqirdi.

Falastinliklar har kuni yaqin tarixdagi eng dahshatli genotsid qurboni boʻlayotganini taʻʻkidlab, "Nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga taʻʻsir koʻrsatayotgan adolatsizlikni birdamliksiz hal qilish hech qachon mumkin boʻlmaydi", dedi u.

Uning taʻʻkidlashicha, Isroil xalqaro huquq qoidalarini eʻʻtiborsiz qoldirib, aql bovar qilmaydigan harbiy jinoyatlarni sodir etishda davom etmoqda.

“Isroil endi bombardimon va quruqlikdagi operatsiyalar orqali Livan xalqiga qarshi tajovuzni yoʻnaltirdi. Ushbu ogʻir damlarda Livan xalqi bilan birdam ekanligimni bildiraman”, — dedi siyosatchi.

Kurtulmush "Natanyaxu va toʻdasi"ning ogʻir jinoyatlari uchun oxir-oqibat xalqaro sudda javobgarlikka tortilishiga ishonch bildirdi.

"Buzuq diniy aqidaparastlik tuygʻusi bilan boshqariladigan Netanyaxu magʻlub boʻlishga mahkum. Birgina masala uning urushda qanday va qachon magʻlub boʻlishida”, — dedi Turkiya parlamenti spikeri.

Musulmonlar birligining ahamiyatiga eʻʻtibor qaratgan Kurtulmush “Ochiq va roʻyirost aytishim kerak: Isroilning kuchi armiyasidan emas, jahon moliya bozori va matbuotdagi hukmronligidan, hatto homiylaridan ham emas. Isroilning qudrati islom dunyosini boʻlib tashlashdadir”.

Mavzuga aloqador