Imom Buxoriyning yana bir asari oʻzbek tiliga tarjima qilindi
Imom Buxoriyning «Birrul volidayn» (Ota-onaga yaxshilik qilish)
asari ilk bor arab tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Kitobda farzand tarbiyasi, amallarning afzali –
ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat koʻrsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning
farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob boʻlishi va silai rahm fazilati,
qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.
Imom
Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Buxoriyning «Birrul
volidayn» (Ota-onaga yaxshilik qilish) asari ilk bor arab tilidan oʻzbek tiliga
tarjima qilindi, deya xabar berdi OʻzA.
“Markazimiz
tomonidan muhaddislar sultoni – Imom Buxoriyning islom olamida mashhur boʻlgan
«Birrul volidayn» (Ota-onaga yaxshilik qilish) asari ilk marta oʻzbek tiliga
tarjima qilindi. Mazkur loyiha davlatimiz rahbari tomonidan Buxoro
viloyatiga qilingan tashrif davomida buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy asarlarini oʻzbek
tiliga tarjima qilib, xalqimizga etkazish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi
asnosida amalga oshirilib, kitob tarjimasi asosida xalqchil risola tayyorlandi”, - deya maʻʻlum qildi Oʻzbekiston
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
matbuot kotibi Sherzod Mamatov.
Kitobda
farzand tarbiyasi, amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat
koʻrsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi
mustajob boʻlishi va silai rahm fazilati, qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi
mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.
Qayd
etilishicha, hadislarning xalqchil va tushunarli boʻlishi uchun izoh va sharhlar yozilgan.
Asarni sharhlashda 50 dan ortiq ishonchli tarixiy manbadan foydalanilgan.
“Tarjimada
ushbu asarni oʻzida asrab, shogirdlariga oʻqitgan keyingi ulamolardan biri imom,
hofiz Muhammad Abdulhay Kattoniy tomonidan saqlangan nusxa asos qilib olindi. Matn
boshqa nusxalar bilan birgalikda qiyosiy oʻrganildi. Zarur oʻrinlarda tuzatishlar
kiritilib, mahalliy va xorijiy islomshunos olimlar, atoqli ulamolar bilan ilmiy
muloqotlar olib borildi”, -
deyiladi xabarda.
Kitob va
xalqchil risola Din ishlari qoʻmitasida belgilangan tartibda davlat dinshunoslik
ekspertizasidan oʻtkazilgan.
Mazkur
yangi kitobni BAA , Turkiya, Misr, Rossiya, Britaniya, Frantsiya kabi mamlakatlardagi
nufuzli kutubxona va fondlariga taqdim etish hamda Oʻzbekiston va xorijning
ilmiy-diniy jamoatchiligi orasida targʻib qilish rejalashtirilgan.
“Ushbu
kitob va xalqchil risola muqaddas dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini ochib
berish, farzandlarimizni ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat ruhida odob-axloqli
etib tarbiyalashga xizmat qiladi”, - deya taʻʻkidladi Sherzod Mamatov.
Vazirlar
Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Allomalar ilmiy merosini tadqiq etish va
keng jamoatchilikka etkazish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» ijrosi yuzasidan islom
maʻʻrifati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk alloma ajdodlarimiz asarlarini
oʻzbek tiliga tarjima qilish, xalqimizga etkazish va xalqaro ilmiy doiralarda keng
targʻib qilish boʻyicha ishlar tizimli tarzda davom ettirilishi qayd etildi.