13.05.2025 12:36
100

IIV: Mubashshir Ahmad qamoqqa olindi



Oldinroq Oʻrta Osiyo xalqlari “Azon” vaqfi vasiylar kengashi raisi, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi, ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning Oʻzbekistonga deportatsiya qilingani haqida xabar bergandik.

Nihoyat Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi uning Oʻzbekistonga deportatsiya qilinganini tasdiqladi.

IIVga koʻra, qidiruvda boʻlgan 51 yoshli Alisher Tursunov 8 may kuni Turkiyada qoʻlga olinib, 10 may kuni Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.

“A.Tursunovning taъsisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan maъlumotlarda, tegishli ekspertiza xulosalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborot mavjud boʻlganligi sababli, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim 1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244 prim 3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Maъlumot uchun, ustoz Mubashshir Ahmadning huquqiy manfaatlari himoyasi yoʻlida avdokatlari harakatni boshlab yuborishdi. Jamoatchilikdan ham bir diniy olimning taqdiriga befarq boʻlmasliklarini, haq joyida qaror topishi yoʻlida imkon doirasida hissa qoʻshishlarini soʻraymiz.

Mavzuga aloqador