13.01.2024 14:02

Isroil lobbisisiz AQSh kongressmenlari Gʻazodagi hunrezliklarni dastaklar edimi?

The Guardian: “Isroil lobbisi AQSh Kongressining Isroilni qoʻllab-quvvatlagan aʻʻzolariga pul bergan!”

The Guardian nashri Gʻazoga hujumlarida Isroilni qoʻllab-quvvatlayotgan AQSh Kongressining baʻʻzi aʻʻzolariga Isroil lobbilari tomonidan xayriya yordami koʻrinishida pul mablagʻlari berilganini aniqladi.

The Guardian nashri AQSh Kongressi aʻʻzolarining ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotlari, X (sobiq twitter) hisoblari va 2023 yil 7 oktyabrdan noyabrʻ oʻrtalarigacha AQSh prezidenti Jo Baydenga yozgan maktublarini Isroilni qoʻllab-quvvatlov nuqtai nazaridan oʻrganib chiqdi.

Tahlillarga koʻra, yirik xayriya oluvchilar asosan AQShning Tel-Avivga harbiy yordamini davom ettirishini va Isroilning Gʻazoga hujumlarini qoʻllab-quvvatlashini talab qiladi.

Maʻʻlumotlarni oʻrganayotgan kampaniyani moliyalash boʻyicha baʻʻzi ekspertlar, shuningdek, xayriyalar Kongressning Isroilni "keng miqyosli yordamini" oshirishga olib kelganini taʻʻkidlamoqda.

Kongress aʻʻzolarining taxminan 82 foizi 2023 yil oktyabridan 2023 yil noyabrigacha Isroilni yanada kuchliroq qoʻllab-quvvatlashni boshlagan, atigi 9 foizi Falastinni qizgʻin dastaklagan.

Tahlillarga koʻra, Isroil tarafdorlari sifatida tasniflangan Kongress aʻʻzolari oxirgi saylovlarda oʻrtacha 125 ming dollar, Falastinni qoʻllab-quvvatlaganlar esa oʻrtacha 18 ming dollar xayriya olgan.

Chikago universitetining siyosatshunoslik professori va “Isroil lobbisi” kitobi mualliflaridan biri Jon Mirshaymer (John Mearsheimer) tahlilga oid bayonotida, olingan xayriyalar AQShning Isroilga nisbatan siyosatiga “chuqur taʻʻsir koʻrsatishini” taʻʻkidladi.

"AQSh Kongressining Gʻazodagi urushga boʻlgan munosabati, agar haqiqatan ham Kongress aʻʻzolariga qattiq taʻʻsir qila oladigan lobbi boʻlmaganida, tubdan boshqacha boʻlar edi", dedi Mirshaymer.

Mamlakatdagi eng kuchli “yahudiy lobbi tashkiloti” boʻlgan Amerika-Isroil jamoatchilik bilan aloqalar qoʻmitasi (AIPAC) va yana bir lobbi guruhi – “Isroil uchun demokratik koʻpchilik” saylovoldi kampaniyasining etakchi moliyachilaridandir.

Tahlil natijalariga koʻra, Kongress aʻʻzolarining 93 foizi Vashingtonni Isroilga harbiy yoki moliyaviy yordam koʻrsatishga undagan, 81 foizi esa Isroilning Gʻazoga hujumlarini qoʻllab-quvvatlagan. Kongress aʻʻzolarining 17 foizi Isroilni tanqid qilib, oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirgan boʻlsa, 17 foizi Isroilning Gʻazoni yillar davomida qamali va ishgʻoli tufayli 7 oktyabrʻ voqealari sodir boʻlganini ilgari surdi.

 

Kongress falastinliklarga qaraganda Isroilning tinch aholisi qurbonlariga koʻproq hamdarddir

Xabarda aytilishicha, Kongress falastinliklarga qaraganda Isroil tinch aholi qurbonlariga ancha xayrixoh, ammo Kongress aʻʻzolarining tinch aholi qurbonlari haqidagi bayonotlarini pul emas, partiya siyosati belgilaydi.

Garvard universiteti xalqaro aloqalar professori Stefan Uolt xayr-xayriyalar tahlili Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlari sababini tushuntirishga yordam berishini taʻʻkidlab, "Soʻnggi oʻn yilliklarda Isroil aholi punktlarini kengaytirish kabi provokatsion siyosatlarini AQShdagi Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi lobbi yordami bilan taʻʻminlagan qurol-yarogʻlari va siyosiy yordamisiz amalga oshirish imkonsiz boʻlganini urgʻulaydi.

Professor Uolt AQShning BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini qoʻllab-quvvatlashi, Isroilga qarshi sanktsiyalar joriy etishi yoki harbiy yordamni toʻxtatishi haqidagi fikrlarning “butunlay xomxayol” ekanini qayd etdi.

"Saylanish uchun Falastin tarafdori boʻlgan" kongressmenlar Jon Fetterman, Maksvell Frost va Rafael Uornok yuqorida tilga olingan lobbilardan xayr-ehson olgach, Isroilni qoʻllab-quvvatlagani koʻrindi.

Tahlillar shuni koʻrsatdiki, AQSh jamoatchiligidan farqli oʻlaroq, Kongress aʻʻzolarining mutlaq aksariyati Isroilni qoʻllab-quvvatlasa, Kongress aʻʻzolarining atigi 17 foizi Isroilni tanqid qiladi va oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiradi.

Xabarda aytilishicha, isroilparast donor keyingi saylovlarda asli falastinlik demokrat Rashida Tlaibga qarshi kurashish uchun muqobil nomzodga 20 million dollar taklif qilgan.

Mavzuga aloqador