19.06.2025 17:09
122
Hindiston hukumati musulmonlarni surgun qilyapti
Hindiston hukumati mamlakatdagi musulmonlarni noqonuniy ravishda Bangladeshga deport qilmoqda.
“The Guardian”ning yozishicha, surgun qilinayotgan musulmonlarni Bangladesh tomoni qabul qilmayapti va ularni ortiga qaytarmoqda.
Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga koʻra, soʻnggi haftalarda hind politsiyasi minglab odamlarni – asosan musulmonlarni Bangladeshdan noqonuniy ravishda Hindistonga kirganlikda gumon qilib hibsga olgan. Koʻpincha, ularning huquqiy himoyasi taъminlanmagan va Islom diniga eъtiqod qiluvchilar mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Ayrim hollarda, chegaradan chiqishni istamaganlarga chegarachilar qurol bilan tahdid qilgan.
Bangladesh esa shunga oʻxshash 200 nafarga yaqin hindistonlikni oʻz yurtiga qaytarib yuborgan. Hindiston fuqarolari orasida uzoq va qiyin yoʻlni bosib oʻtib, oʻz uyiga qaytganlari ham bor.
Bangladesh tashqi ishlar vazirligi ushbu masala yuzasidan Hindistonga rasmiy murojaat qilgani, biroq qoʻshni davlatning millatchi hukumati bunday soʻrovlarga javob bermagani aytilmoqda.