Fargʻona viloyatidagi maktablardan birining 11-sinfida tahsil oluvchi qiz Microsoft kompaniyasining yoshlarga moʻljallangan Microsoft Learn Student dasturi ambassadori – ramziy elchisi boʻldi. U kompaniya tomonidan bir yil davomida berilgan texnik vazifa va shartlarni, jumladan, sunʻʻiy intellekt boʻyicha 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlarni bajardi.

Fargʻona viloyatidagi maktablardan birining 11-sinfida tahsil oluvchi Dilafruz Joʻraboeva Microsoft kompaniyasining yoshlarga moʻljallangan Microsoft Learn Student dasturi ambassadori – ramziy elchisi boʻldi. Bu haqda axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan ayollarga bagʻishlangan IT Ladies Uzbekistan jurnali xabar qildi.

Qayd etilishicha, mazkur dastur kompaniyaning yoshlarga moʻljallangan loyihasi boʻlib, butun dunyo boʻylab texnologiya sohasida bilimli, faol va intiluvchan yoshlarni saralab oladi. Dilafruz axborot texnologiyalari sohasida qator ishlarni amalga oshirib kelayotgan oʻzbek qizlaridan. Ayni damda maktab oʻquvchisi boʻlishiga qaramasdan, turli kompaniyalarda frilanser sifatida faoliyat olib boradi.

Microsoft Learn Student dasturi dasturida ambassador boʻlgan yoshlar texnik va etakchilik boʻyicha treninglar, Microsoft’ning keng taʻʻlim resurslariga kirish va kelajakni yaratishga ishtiyoqi baland boʻlgan yoshlarni birlashtirish imkonini qoʻlga kiritadi.

“Ushbu loyihaga topshirishim ham, kirishim ham oson kechmadi. Texnik tomondan bilimlarim yaxshi boʻlgani uchun meni nominatsiyaga qoʻyishdi. 1 yil davomida kompaniya tomonidan berilgan turli shartlar va topshiriqlarni aʻʻlo darajada bajarish talab etildi. Shulardan biri Sunʻʻiy intellekt texnologiyasi boʻyicha berilgan 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlar boʻldi”, - dedi Dilafruz.

Bundan tashqari Ambassadorlar uchun Amerikaga viza olish va sayohat qilish qilish imkoniyatlari yaratiladi. Talaba tomonidan yoshlar uchun oʻtkaziladigan tadbirlarga uchun xomiylik beriladi. Kompaniyaning barcha mahsulotlari premium talqinlari bepul taqdim etiladi.

Ayni damda Dilafruz Yandex uchun oʻqish va stajirovkaga topshirgan, sinovlardan yaxshi oʻtsa ushbu kompaniyaning ham katta loyihalariga qoʻshilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dilafruz Microsoft Developers Community Uzbekistan, Sado24, NET Documentation Uzbekistan kabi startap, koʻplab hakaton va musobaqalar ishtirokchisi. IT Community Uzbekistan’ning Fargʻona vodiysi boʻylab ambassadori.

2024 yilda u IT Star tanlovida ishtirok etib, Oʻzbekistondagi eng yaxshi va faol AyTi sohasidagi 46 nafar ayol va qizlar qatoridan joy olgan.

ICT4Girls olimpiadasining Oʻzbekistondagi Competitive Programmer Qizlar, yaʻʻni Sport dasturchi qizlar olimpiadasida ishtirok etib Oʻzbekistondagi top 12ta sport dasturchi qizlar jamoasiga qoʻshilgan.

Mavzuga aloqador