30.03.2024 08:19

Turkiya savdo vaziri: Davlat idoralari Isroil kompaniyalari bilan savdo qilgani yoʻq

Turkiya Savdo vaziri Omer Bolat 7 oktyabrdan beri Turkiya va Isroil oʻrtasidagi savdo hajmi 33 foizga qisqarganini maʻʻlum qildi. "Hukumat, davlat idoralari, davlat kompaniyalari Isroil kompaniyalari bilan savdo qilgani yoʻq", dedi vazir.

Turkiya Savdo vaziri Omer Bolat 7 oktyabrdan beri Turkiya va Isroil oʻrtasidagi savdo hajmi 33 foizga qisqarganini maʻʻlum qildi. Bu haqda Yeni Safak nashri xabar qildi.

"Hukumat, davlat idoralari, davlat kompaniyalari Isroil kompaniyalari bilan savdo qilgani yoʻq", dedi vazir.

Vazirning taʻʻkidlashicha, Isroil bilan savdo qilish ayblovlari soxta akkauntlarga ega boʻlgan baʻʻzi bir yot siyosiy unsurlar va terrorchi tashkilotlar tomonidan uyushtirilmoqda, Isroil razvedkasi ham dezinformatsiya orqali buni amalga oshirishga harakat qilmoqda.

«Yuqorida tilga olingan xorijiy internet saytlarida joylashtirilgan bu kabi xabarlar manipulyatsiya maqsadida qilingan va haqiqatni aks ettirmaydi”, - deya taʻʻkidladi vazir.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiya Milliy mudofaa vazirligi yanvarʻ oyida ham Isroilga porox, portlovchi moddalar, oʻq-dori va qurol eksport qilishda davom etgani haqidagi xabarlarni rad etib, faqat “ov miltigʻi ehtiyot qismlari va baliqchilik vositalari (garpun va boshqa)” sotilganini bildirgandi.

“Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Isroil bilan harbiy taʻʻlim, mashgʻulotlar va mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni oʻz ichiga olgan hech qanday qoʻshma faoliyat olib bormaydi”, - deyilgandi bayonotda.

Mavzuga aloqador