Yana taʻʻlim emas maktab formasi "dolzarb" masalaga aylanadimi yoxud qalbdagi ogʻriqlar
Sentyabrʻ oyi yaqinlashgani sari mamlakatimizning qoʻshtirnoq ichidagi "ilgʻor" qatlamida, taʻʻlim darajamizning bugungi kun talablariga qay darajada javob berishi qolib, maktab formasi masalasi koʻtariladi.
Oʻzlarini hukumatga yaqin bloger deb daʻʻvo qiladigan “Daydi*oʻq” kabi kanallarda yana mamlakatimizning dunyoviy davlat ekanligi haqidagi shaxsiy qarashlarga asoslangan postlar chiqa boshladi.
Avvalroq aytib oʻtganimizdek, mamlakatimizdagi ateistik mafkuraga ega oz sonli radikallar va mutasaddilar “dunyoviylik” tushunchasidan oʻzlarining gʻarazli maqsadlarida foydalanib, koʻp sonli musulmonlarning eʻʻtiqodi va qadriyatlariga nisbatan nafratlarini oshkor qilmoqda.
Ana shunday nafrat, aniqrogʻi islomofobik kasallikning koʻrinishlaridan biri – bu “maktab formasi” masalasidir. Ateist radikallarining nazdida davlat tomonidan beriladigan taʻʻlim dinsizlikka asoslangan boʻlsa, davlat oʻz fuqarolarining har qanday qadriyati va eʻʻtiqodlarini pisand qilmasa, toptasa shundagina davlat dunyoviy boʻladi, goʻyo.
Aslini olganda, konstitutsion tizimga koʻra, davlat xalq xizmatchisidir. Xalq esa, davlatga “Bizning farzandlarimizni oʻqitib berish majburiyatini olasan”, degan majburiyatni yuklagan.
Davlat barcha fuqarolariga ularning toʻlayotgan soliqlari evaziga sifatli umumiy oʻrta taʻʻlimni taʻʻminlab berishi kerak. Davlat taʻʻlimni shu sohadagi professionallar – davlat xizmatchilari orqali amalga oshiradi. Davlatning dunyoviyligi insonlarning erkinligi va eʻʻtiqodlarini toptash evaziga emas, balki dinga oid bilimlarni majburan oʻqitmasligida namoyon boʻladi.
Afsuski, mamlakatimizdagi soxta liberallar, aslida radikal ateistlar, davlatning dunyoviy ekanligidan oʻzlarining islomofobik buzgʻunchi gʻoyalarini amalga oshirishda foydalanmoqda.
Ular tariximizni, bugungi Gʻarb taraqqiyotidagi asli musulmon ota-bobolarimizning hissasini rad etib, oʻzlarining dinsizlikka asoslangan Lenin, Marks, Engelʻs kabi "dohiy"larining gʻoyalarini targʻib qilishadi.
Xoʻsh, davlat dunyoviy boʻlsa, undagi maktablarda diniy va milliy liboslarga oʻrin yoʻqmi? Haqiqatdan ham, “Daydi *oʻq” kabi radikal ateistlar daʻʻvo qilganidek, maktab oʻquvchilari taʻʻlim olishi uchun dinidan, eʻʻtiqodidan, urf-odatidan, hatto hayosidan ham mosuvo qilinishi shartmi?
Ushbu savolga javob berish uchun avval keling, diniy libos tushunchasini sharhlab oʻtaylik.
Islomiy eʻʻtiqodimiz va madaniyatimizga koʻra, erkak va ayollar tana qismining belgilangan qismini berkitgan holda kiyinib yurishlari talab etiladi. Ushbu talab, avvalambor, turli fitnalarning oldini olishga, erkakka erkakcha, ayolga nozik jins vakilalariga xos muomila qilish, shuningdek ularning shaʻʻni va nomusini himoya qilishga qaratilgan.
Misol uchun, ayollarning kiyinishiga oid talablar ularning erkinligi, hurligi, himoya ostidaligi, shuningdek ijtimoiy holatini namoyon qiladi. Aniqrogʻi, libos ayollarning ijtimoiy mavqeyini yanada yuksaltiradi.
Satr - yaʻʻni badanning belgilangan qismlarini yopib yurish, islomiy eʻʻtiqod, madaniyat va insoniy fitratdan kelib chiqib belgilangan. Bundan tashqari, bizning dinimiz, dunyoqarashimiz va madaniyatimiz liboslarimizning pokligi, tozaligi va goʻzal boʻlishini ham talab etadi. Poklik ham diniy libos talablaridan biridir.
Radikal ateistlarning islomofobik daʻʻvolariga koʻra, agar davlat dunyoviy boʻlgani uchun oʻzi aslida xizmatkori boʻlgan xalqining dinsiz boʻlishini talab etsa, yaʻʻni ibo-hayodan kelib chiqib tanlangan liboslarni taqiqlasa, unda fuqarolarning yarim yalangʻoch, kir va roʻdapo liboslarda yurishini talab qilishi kerak. Zero, satr, poklik va goʻzallik Islomiy qadriyatlarga xosdir.
Ikkinchidan, dunyoviylik tamoyili fuqarolarning urf-odatlarining kamsitilishiga yoʻl qoʻyilishi degani emas. Davlat dunyoviymi, marhamat yuqori darajadagi taʻʻlim berilsin! Biz juda yaxshi bilamizki, ilmni diniy va milliy qadriyatlardan voz kechibgina oʻrganish mumkin degan "aksioma" hech qaerda yozilmagan. Bugun eng zamonaviy uchoqlarni ishlab chiqarayotgan Selchuk Bayroqdorlar ham musulmonlardan chiqqan Mana shu haqiqiy dunyoviylik.
Taʻʻlim ham davlatning fuqarolar oldidagi majburiyati ekan, uni fuqarolar huquqlariga ziyon etkazmagan holda, sifatli amalga oshirishi kerak.
Bugungi kunda davlat dunyoviy boʻlsa, maktablarda milliy va diniy urf-odatlarga yoʻl yoʻq, deyilishi frantsuzcha radikal ateistik mafkuraning bir koʻrinishidir. Avvalroq taʻʻkidlaganimizdek, frantsuz radikal inqilobchi sekulyarlarining gʻoyalari mamlakatimizning radikal ateistlardan iborat blogerlari va baʻʻzi amaldorlar orasida tarqalgan. Bunday dunyoqarash esa, Parij olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi misolida, qanday razilliklarga olib kelishini koʻrdik.
Oʻzbek ateist, islomofob siyosatchilarining orasida “dunyoviylik” deyilganda faqat farantsuzcha radikal dunyoviylashtirishni oʻylashlari xalqimiz, millatimiz uchun tahdid hisoblanadi. Zero, dunyoviylik faqat frantsuzcha radikal ateizmdan iborat emas.
Keling, dunyodagi eng ilgʻor dunyoviy davlatlar va undagi maktab formalariga boʻlgan munosabatni koʻrib chiqamiz:
Turkiya - ushbu davlat dunyoviy boʻlishi bilan birga, 2013 yildan boshlab maktablarda qizlarning roʻmol oʻrab yurishlariga ruxsat bergan.
Indoneziya - eng koʻp musulmon aholiga ega dunyoviy davlat. Maktablarda roʻmol oʻrashga ruxsat berilgan.
Kanada - rivojlangan dunyoviy davlat. Hukumat maktablarda milliy, diniy va madaniy liboslarni kiyishga ruxsat bergan.
Janubiy Afrika Respublikasi - dunyoviy rivojlangan davlat. Maktablarda milliy va diniy liboslarga ruxsat bergan.
Avstraliya - rivojlangan dunyoviy davlat. Maktablarda roʻmol oʻrashga ruxsat berilgan.
Eng rivojlangan dunyoviy davlat boʻlgan AQShdagi holat ham bizning radikal ateistlarni quvontirmaydi. Chunki, zamonaviylikning eng yuksak choʻqqisi hisoblangan, yuksak texnologiyalarga ega davlat Konstitutsiyasi diniy erkinlikni kafolatlaydi, bu esa diniy eʻʻtiqodni libos orqali ifoda etish huquqini ham oʻz ichiga oladi. Bunday erkinlik davlat maktablariga ham tegishli boʻlib, oʻquvchilarga hijob, doʻppi, roʻmol kabi kiyimlarni kiyishga ruxsat beradi.
Amerika qonunchiligiga koʻra, dunyoviy davlatchilik diniy amallarni cheklovchi qonunlarni qabul qila olmaydi. Shundan kelib chiqib, maktablarda milliy va diniy qadriyatlarga asoslangan liboslarni kiyishni ham taqiqlay olmaydi. AQSh Oliy sudi oʻz faoliyati davomida bir necha holatda oʻquvchilarning diniy kiyimlarini kiyish huquqini qoʻllab-quvvatlagan. AQSh maktablari yagona kiyinish formalarini joriy qilish huquqiga ega boʻlsalar-da, bunday talablar milliy va diniy eʻʻtiqodlarni taqiqlash evaziga boʻlishi kerak emas. Agarda bunday taqiqlar joriy qilinmoqchi boʻlsa, dastlab uning xavfsizlik va tartibni saqlashga xizmat qilishi ilmiy asosda isbotlanishi kerak.
Shunday qilib, eng rivojlangan dunyoviy davlat AQSh davlat maktablarida diniy kiyimlarni kiyishga nisbatan eng keng ruxsat beruvchi davlatlardan biri hisoblanadi.
Xoʻsh, Frantsiyadagidek radikal dunyoviylikdan tashqari, boshqa koʻplab rivojlangan dunyoviy davlatlarda davlat maktablarida diniy liboslarga ruxsat berilgan ekan, nimaga biz, oʻzbek qorakoʻzlari oʻz maktablarimizda oʻzbekona, milliy, madaniy va goʻzal usulda roʻmollarni oʻraganimiz uchun radikal ateist va ayrim maktab direktorlaridan dakki eshitishimiz kerak?
Axir davlat bizning milliy, madaniy va diniy ishlarimizga aralashmaslik, eʻʻtiqodimizga qarab kamsitmaslik hamda tahqirlamaslik kafolatini olgan emasmi?
Nima sababdan bir nechta radikal ateistlarning dunyoviylik haqidagi xayollarini deb oʻz yurtimizda milliy liboslarimizni kiya olmasligimiz, har yili sentyabrʻ oyi yaqinlashganida mastura qizlarimizni hech kim urshmaydimi, soʻkmaydimi, qoʻlini bigiz qilib koʻrsatmaydimi, degan qoʻrquv ostida yashashimiz kerak?!
Din dushmanlari tomonidan moliyalashtiriladigan, aslida bilimi ham haminqadar boʻlgan chalasavod ateistlarning zulmga asoslangan chaqiriqlaridan aziyat chekishimiz kerak?
Biz oʻz davlatimizda yashyapmizmi yoki begona, yot gʻoyalarni targʻib qiluvchi ateistlar hukmronligi ostidagi davlatdami?!
© Tarix va siyosat