21.02.2025 08:45
Ustoz Mubashshir Ahmadning oʻta ogʻir jinoyatda ayblanayotgani haqidagi xabarlar qanchalik asosli?
“VERUM LAW FIRM” advokatlik firmasi advokatlari tomonidan Oʻzbekiston fuqarosi, hozirda Turkiya davlatida istiqomat qilib kelayotgan, “Azon” loyihalari va “Azon Global”axbort-tahliliy portali asoschisi, Turkiyadagi Oʻrta Osiyo xalqlari “Azon” vaqfi Vasiylar kengashi raisi Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad)ning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi.
Shu bois, 2025 yil 19 fevralь kuni ishonch bildiruvchi shaxsning talabi bilan Internet tarmogʻining ijtimoiy tarmoqlarida u haqda tarqalayotgan axborotlarning qonuniy asosliligi borasida advokatlik firmasi tomonidan oʻtkazilgan advokatlik surishtiruvi natijalarini ochiq tarmoqlarda eъlon qilish haqidagi ruxsatiga asoslanib, quyidagilarni maъlum qilamiz.
Oʻtkazilgan advokatlik soʻrovnomalari asosida toʻplangan hujjatlarga koʻra, A.Tursunov 24.08.2023 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244³-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan – “Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maъmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa” jinoyatini sodir etganlikda sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa goʻyoki A.Tursunov yaъni - Mubashshir Ahmad «Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish» (Jinoyat qodeksining 244²-moddasida)da ayblanib, qidiruvga berilgan”ligi haqidagi notoʻgʻri va biror bir asosga ega boʻlmagan xabarlar tarqatilmoqda.
Maъlum qilamizki, JKning 244²-moddasi hamda 244³-moddasi bir biridan mohiyatan, oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra farq qiladi, bu moddalarning obъekti boshqa-boshqa, yaъni JKning 244³-moddasida nazarda tutilgan jinoyat (JKning 15-moddasiga koʻra)ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat hisoblansa, ikkinchisi (JKning 244²-moddasi) oʻta ogʻir jinoyat sifatida baholanadi va aynan shu holat ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning haqli savollarini keltirib chiqarmoqda.
Hozirda ixtiyorimizdagi rasmiy hujjatlarning nushalarida qayd qilinishicha,Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Alisher Tursunovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244³-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishini qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan “diniy mazmundagi materiallar” deb topilgan materiallarni tarqatganligi uchun 02.11.2022 yilda jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi tomonidan A.Tursunov MJtKning 184²-moddasi bilan maъmuriy javobgarlikka tortilgan.
Eъtiborli jihati shundaki, A.Tursunovni maъmuriy javobgarlikka tortish uchun u tomonidan tarqatilgan materiallarning mohiyatan qonunga xilofligi emas, balki diniy materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish tartibiga rioya qilinmaganligi asos boʻlgan.
Shundan soʻng, aynan shu materiallar “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi “Mubashir Ahmad” nomli kanalida mavjudligi asos sifatida talqin qilinib, unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
A.Tursunov oʻsha vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlmaganligi uchun unga nisbatan 22.08.2022 yilda JKning 244³-moddasi bilan sirtdan ayb eъlon qilinib, qidiruvga berilgan va ushlangan taqdirda (qaerda ushlanishidan qatъiy nazar) “munosib hulq atvorda boʻlish xaqidagi tilxat” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jinoyat ishi hujjatlariga koʻra A.Tursunovga nisbatan sirtdan JKning 244³-moddasi bilan ayb eъlon qilingan boʻlsada, my.gov.uz portalida A.Tursunovning JKning 244²-moddasi bilan ayblanganligi va qidiruv eъlon qilinganligi haqida notoʻgʻri maъlumot joylashtirilgan.
Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida yuborilgan advokatlik soʻroviga Toshkent shahar IIBB Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan 2024 yilning 4 iyunь kuni berilgan yozma javobda Alisher Tursunov aslida 244³ -modda bilan ayblanayotgani, mazkur jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan harakatdan toʻxtatilgani maъlum qilingan.
Yuqoridagilardan koʻrinadiki, fuqaro Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad)ga nisbatan aslida ijtimoiy havfi katta boʻlmagan jinoyatni sodir etganlik boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan boʻlsada, ijtimoiy tarmoqlarning axborot kanallarida uning oʻta ogʻir jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotganligi haqida haqiqatga zid boʻlgan maъlumotlar tarqatilib, “informatsion spekulyatsiya”ga sharoit yaratilmoqda.
Taъkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28- moddasida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yoʻli bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi belgilangan. Konstitutsiyaning normalarini har qanday sabablarga koʻra ijro qilmaslik qonunbuzilish hisoblanadi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda “Mubashshir Ahmad” nomi ostidagi video va boshqa kontentlardagi axborotlar bilan tanishish “jinoyat” ekanligi haqidagi “chaqiriq”lar qonuniy asoslarga tayanilmagan. Ochiq manbaalarda mavjud boʻlgan axborotlar, oʻsha axborotlarni olish, saqlash va tarqatish qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan cheklanmaguniga qadar, noqonuniy deb topilmaydi.
Bundan tashqari, himoya fikriga koʻra, fuqaro A.Tursunovning aynan bir xatti-harakatlari uchun ikki marta (xam maъmuriy, ham jinoiy) javobgarlikka tortilishi asossiz hisoblanib, bu haqida vakolatli organlarga shikoyat arizalari kiritilgan.