Erdoʻgʻon Suriyadagi operatsiyalarni yakunlashga vaʻʻda berdi
Erdoʻgʻon Suriyadagi operatsiyalarni yakunlashga vaʻʻda berdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Anqara yozgacha
terrorchilik tahdidini yoʻq qilish va Iroq bilan chegarada toʻliq xavfsizlikni
taʻʻminlash, shuningdek, Suriyada davom etayotgan operatsiyalarni yakunlash niyatida
ekanini maʻʻlum qildi, deya
xabar bermoqda TRT.
“Biz shu
yozgacha Iroq bilan chegaramiz xavfsizligini toʻliq kafolatlaymiz va Suriyadagi
tugallanmagan ishlarimizni albatta yakunlaymiz. Maqsadimiz — farzandlarimizga terrorizmning qora
soyasidan butunlay xoli, kelajagi porloq Turkiyani berishdir”, — dedi Turkiya rahbari bir guruh turk
askari bilan boʻlgan iftorda.
Erdoʻgʻon Turkiya hukumati askarlarga terrorchi guruhlarga qarshi
mashaqqatli kurashni
davom ettirishlari
uchun har tomonlama yordam berayotganini va bundan keyin ham shunday boʻlishini taʻʻkidladi.
Shu bilan birga, prezident Turkiya hukumati terrorizmga barham
berish boʻyicha oʻz strategiyasining natijalarini uning dastlabki bosqichidayoq
mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham koʻra boshlaganini taʻʻkidladi. Erdoʻgʻon terrorchilarni aniqlash va
yoʻq qilish uchun jangovar
dronlar, mahallik
oʻq-dorilar va milliy qurollardan foydalanishda muvaffaqiyatga erishganini qayd
etdi.
“Operatsiyalarimiz natijasida hozir boʻgʻilib, burchakka qamalib,
yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan yollangan qotil toʻdalarining qayta tugʻilishiga
va yana xalqqa yuk boʻlishiga yoʻl qoʻymaymiz. Bu kimning loyihasi boʻlishidan qatʻʻi
nazar, biz janubiy chegaralarda terrorchi davlat tuzilishiga yoʻl qoʻymaymiz», — deya ishontirdi siyosatchi.
Global tizimning mavjud kamchiliklariga toʻxtalib oʻtgan Erdoʻgʻon global tinchlikni
saqlashda xalqaro ittifoq va tashkilotlar samarasiz ekanini yaqqol koʻrsatgan oʻtmish tajribasini tilga oldi.
Turkiya rahbari mamlakatning oʻzini oʻzi taʻʻminlash uchun mahalliy va milliy mudofaa
sanoatini rivojlantirish zarurligini taʻʻkidladi.
Rajab
Toyyib Erdoʻgʻon Turkiya oʻz
chegaralari va manfaatlarini ham chegaralarining ichida, ham tashqarisida tahdidlardan himoya
qilishga sodiqligiga urgʻu qaratdi.