OAV: Turkiya Iroqda yirik quruqlikdagi harbiy operatsiya oʻtkazishni rejalashtirmoqda
Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) jangarilariga qarshi keng koʻlamli quruqlikdagi harbiy operatsiya oʻtkazishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda Hürriyet.
“Birinchi navbatda, «Panja-Qulf»
operatsiyasi oʻtkazilgan hududda keng koʻlamli quruqlik amaliyoti oʻtkaziladi. Operatsiya oldidan Iroq markaziy maʻʻmuriyati va Barzoniylar
oilasi nazoratidagi Erbil oilasi bilan kelishuvga erishildi”, - deya qayd etdi hukumat
doiralariga yaqin gazeta sharhlovchisi Abdulqodir Selvi.
Nashrning
yozishicha, Anqara Iroq bilan chegaraning barcha 378 kilometrini terrorchilarga butunlay
“yopib qoʻyishni” kutmoqda.
Turkiya
prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon avvalroq mamlakat yozda Iroq bilan “chegara
xavfsizligi masalasini butunlay hal qilishni” rejalashtirayotganini aytgan edi. Uning
soʻzlariga koʻra, Turkiya tomoni Suriyada 30-40 kilometr chuqurlikda xavfsizlik
koridorini yaratishga ham intilmoqda.
Kurdiston ishchilar partiyasi bilan qurolli mojaro Turkiyada
1984 yilda boshlangan va 2015
yilda qayta tiklandi.
Ayni paytda Shimoliy
Iroqda PKK bazalari mavjud boʻlib, Anqara ularga qarshi havo va quruqlik
amaliyotlarini oʻtkazmoqda.