13.08.2025 11:54
160
Endi Oʻzbekistonda ruxsatsiz diniy taъlim berganlar qamalishi mumkin
Prezident tomonidan imzolangan qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga oʻzgartish kiritilib, maxsus diniy maъlumotsiz, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organidan ruxsatsiz yoki xususiy tartibda diniy taъlim berish jinoyat deb belgilandi.
Bunday harakatlar uchun 50 dan 100 BHM gacha (20,6 mln soʻmdan 41,2 mln soʻmgacha) jarima, 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, uch yilgacha tuzatish ishlari, uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Hozirgi kunda fuqarolarga, shu jumladan, voyaga etmaganlarga diniy taъlimotlarni oʻrgatish tartibini buzish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Qonun rasmiy eъlon qilingan kunidan 3 oy oʻtgach (2025 yil 9 noyabr)dan boshlab kuchga kiradi .
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda hamon 18 yoshdan kichik bolalarning diniy taъlim olishi uchun hech qanday qonuniy yoʻl mavjud emas.