20.05.2025 14:59
806
Azon Global Rasmiy maъlumoti
Oʻrta Osiyo xalqlari “Azon” vaqfi vasiylar kengashi raisi, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi, ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning holati haqida quyidagilarni maъlum qilamiz:
Mubashshir Ahmad domla Davlat xavfsizlik xizmati markaziy tergov hibsxonasi (Gvardeyskiy)da saqlanayotgani aniqlandi. Bugun, 2025 yiling 20 may, seshanba kuni uni faqat bir nafar yaqini (ukasi) bilan koʻrishishga ruxsat berilgan.
Ukasining guvohlik berishicha, ustoz Mubashshir Ahmadning sogʻliqlari, kayfiyatlari yaxshi. Tergovchi va boshqa mutasaddilarning muomalasidan shikoyat qilmaganlar va oʻzlarini qoʻllab, duolar qilib turgan barcha-barcha insonlardan minnatdor ekanlarini bildirganlar.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda u kishiga qoʻyilgan ayblovlar boʻyicha tergov ishlari davom etmoqda. Ammo haligacha tegishli idoralar tomonidan Ustoz Mubashshir Ahmadga huquqlarining taъminlanishi borasidagi vazifalar bajarilmay kelinmoqda. Jumladan, oʻz advokatlari bilan uchrashtirilmayapti, huquqiy yordamlar koʻrsatilmayapti.
Ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga qoʻyilgan ayblovlar tez orada ishonchli dalillar asosida rad etiladi va ozodlikka chiqadilar. Bu borada esa, aziz xalqimiz, domlaning suygan, hurmat qilgan va adolat tantanasi tarafdori boʻlgan barchadan ushbu masalaga doim eъtibor berib, duolari bilan qoʻllab turishlarini iltimos qilamiz.
Azon Global jamoasi