02.05.2025 06:16
226

AQSh rasmiylari Shavkat Mirziyoevdan minnatdor boʻldi



Donalьd Tramp maъmuriyati prezident Shavkat Mirziyoevga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari boʻlgan 131 kishini deportatsiya qilish boʻyicha amaliyotni tashkil etgani va moliyalashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Markaziy osiyoliklarni olib qaytayotgan reys Vashington va Toshkent oʻrtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston hukumati oʻz fuqarolarini qaytarish xarajatlarini toʻlagan. Bildirilishicha, bu Tramp lavozimga kirishganidan beri xorijiy hukumat bilan birinchi shunday kelishuvidir.

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 131 nafar noqonuniy muhojirni oʻz vataniga qaytarish uchun charter reys tashkil etgan Oʻzbekiston prezidentini alohida eъtirof etdi.

"Biz Shavkat Mirziyoevga 131 nafar noqonuniy muhojirni oʻz vataniga qaytarish uchun samolyot joʻnatishga rahbarlik qilgani uchun minnatdorchilik bildiramiz", degan u.

Fox News telekanalining maъlum qilishicha, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekistonga kelishi bilan vataniga joʻnatiladi.

Mavzuga aloqador