15.02.2025 13:30

AQSh Oʻzbekiston fuqarolarini Panamaga deport qildi



AQSh deportatsiyani tezlashtirish va yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarning oldini olish uchun Osiyodagi qator davlatlar fuqarolarini Panamaga deport qila boshladi. The New York Times nashriga koʻra, ular asosan davlati qabul qilishni istamagan muhojirlar hisoblanadi.

Maъlum boʻlishicha, Panamaga birinchi samolyot Kaliforniyada havoga koʻtarilgan. Migrantlar ichida Xitoy, Pokiston, Afgʻoniston va Oʻzbekiston fuqarolari ham bor. Panamaga deportatsiya davlat kotibi Marko Rubioning oʻtgan hafta Panamaga amalga oshirgan tashrifi hamda Trampning kanalni olib qoʻyish tahdidlari ortidan yuz bermoqda, deb yozadi nashr.

Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov mazkur holatga oʻz munosabatini bildirib:

"Biz bu masalada AQSh bilan hamkorlikda ishlayapmiz, deportatsiyani toʻgʻri amalga oshirish boʻyicha yaqin aloqadamiz. Hozir Panamada fuqarolarimiz bormi, ularning soni qanchaligini aniq bilmaymiz. Agar bor boʻlsa, biz hech shubhasiz ularni qaytarish uchun toʻliq yordam beriladi", degan.

Mavzuga aloqador