04.12.2024 10:37
515

AQSh Orol dengizida litiy qidiradi


AQSh Davlat departamenti Qozogʻiston hukumati bilan respublika sharqida litiy va boshqa nodir metallarni birgalikda qidirish boʻyicha kelishuvga erishdi.

AQSh Davlat departamentining Energetika resurslari byurosi Qozogʻiston Milliy geologiya xizmati (MGX) va "Tau-Ken Samruk" togʻ-kon kompaniyasi bilan Orol dengizi mintaqasida litiy konlarini qidirish ishlarini moliyalashtirish uchun hamkorlik oʻrnatdi. Bu haqda hukumat yigʻilishida MGX raisi Erlan Galiev maʻʻlum qildi va hamkorlik memorandumida Sharqiy Qozogʻistonning Qalba-Narim hududida nodir metallarni oʻrganish boʻyicha ham rejalar borligini taʻʻkidladi.

Amerika tomoni ushbu tashabbuslarni moliyalashtirmoqda, bu esa Qozogʻiston va Gʻarb davlatlari oʻrtasidagi hamkorlik yanada chuqurlashayotganidan dalolat beradi. 2025 yilda AQSh, Frantsiya, Germaniya va Finlyandiya mutaxassislari Qozogʻiston MGXda audit oʻtkazadi, Britaniya Geologiya xizmati (BGS) esa mamlakatga bir nechta missiyalarini joʻnatadi. Bundan tashqari, Britaniya hukumati Qozogʻiston er osti boyliklarini oʻrganishning aniqligini oshirish imkonini beruvchi maʻʻlumotnoma-geologik maʻʻlumotlar bazasini yaratish uchun grant ajratdi.

Frantsiyaning BRGM geologiya xizmati qozogʻistonlik mutaxassislar uchun masofadan zondlash, geokimyo, bashoratli xaritalash va togʻ-kon chiqindilarini boshqarish boʻyicha seminarlar oʻtkazadi.

“Tau-Ken Samruk” kompaniyasi «Samruk-Kazina» davlat fondining shoʻba korxonasi hisoblanadi. 2023 yil oxirida Orol dengizi yaqinidagi shoʻr koʻllarda litiy izlash ishlarini boshlagan. Loyiha Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining 400 ming evro miqdoridagi granti hisobidan moliyalashtiriladi va ikki yilga moʻljallangan.

Litiy elektromobilʻ akkumulyatorlari, shamol turbinalari va quyosh panellarini ishlab chiqarishda asosiy material hisoblanadi. U smartfonlar, aerokosmik va mudofaa tizimlarida ham qoʻllaniladi.

Noyob tuproq elementlari va nodir metallarga jahon talabi ortib borayotgan bir sharoitda Qozogʻiston soʻnggi yillarda etakchi oʻnta davlatdan biriga aylandi. Qoʻshma Shtatlar va Evropa Ittifoqi Qozogʻiston bilan resurs boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, yashil energiyaga global oʻtishda respublikaning rolini kuchaytirish choralarini koʻrmoqda.

Mavzuga aloqador