07.05.2025 11:08
201

AQSh Markaziy Osiyoning nodir erosti boyliklariga koʻz tikmoqda



Ukraina bilan strategik resurslarni birgalikda qazib olish boʻyicha kelishuvga erishgandan soʻng, AQSh Markaziy Osiyoni nodir qazilmalarni olish uchun navbatdagi muhim hudud sifatida koʻrmoqda. Bu haqda The National Interest nashri xabar bermoqda.

Nashrning maъlumotlariga koʻra, Vashington Ukrainadagi kelishuvni Xitoydan erosti boyliklarini olishga qaramlikni kamaytirish yoʻlidagi ilk qadam deb bilmoqda. Xitoy hozirda jahon bozorining taxminan uchdan ikki qismini nazorat qilib turibdi. Biroq, faqat Ukraina resurslari etarli emas, shu sababli AQSh boshqa mintaqalarda ham oʻz ishtirokini mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyoga kirishga intilmoqda. Mazkur mintaqa katta zaxiralarga ega boʻlgan holda, Xitoy va Rossiyaning kuchli taъsiriga qaramay, AQShning asosiy eъtiborga tushmoqda.

Tadqiqotlarga koʻra, mintaqa davlatlari tashqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilishga intilmoqda va Gʻarb bilan aloqalarni mustahkamlashda faollik koʻrsatmoqda. Bu esa, energiya va yuqori texnologiyalar sohasida nodir erosti resurslari talabining ortib borayotganligini inobatga olganda, AQSh uchun imkoniyatlar yaratmoqda, deb yozadi nashr.

Mavzuga aloqador