23.05.2025 10:56
268

AQSh isroilga beradigan qurollari pulini arablardan undirdi – turkiyalik deputat

AQSh isroilga beradigan qurollari pulini arablardan undirdi – turkiyalik deputat

Turkiyaning Diyorbakir shahridagi "Adolat va Taraqqiyot partiyasi" deputati va "Ulugʻ" jome masjidining sobiq imomi Mehmet Said Yaz AQSh isroilga berayotgan qurollarining pulini arab davlatlari toʻlayotganini aytdi.

Unga koʻra, Qatar AQShga trillionlab dollar oʻtkazmoqda, hatto eng soʻnggi rusumdagi radarda koʻrinmas samolyotlar ham sovgʻa qilib kelyapti. Birlashgan Arab Amirliklari esa yana trillion dollarlar yubormoqda. 

Deputat isroilni qoʻllab-quvvatlayotgan musulmon davlatlar rahbarlarini tanqid qilib, ular “taxtini butga aylantirib, imonini dunyoga sotgani uchun Allohning jazosiga yoʻliqishi"ni qoʻshimcha qilgan.

Maъlumot uchun, oldinroq AQSh prezidenti BAA, Saudiya va Qatardan jami 3,2 trillion dollarlik investitsiya shartnomalarini qoʻlga kiritib uyiga qaytgan edi. 

Mavzuga aloqador