20.12.2023 09:56

Kolorado Oliy sudi Trampning bu shtatdagi prezidentlik poygasida qatnashishini taqiqladi

AQSh tarixida birinchi marta Konstitutsiyaning “gʻalayon va isyon” moddasi prezidentlikka nomzodning poygada qatnasha olmasligiga sabab sifatida qoʻllanildi.

AQShning Kolorado shtati Oliy sudi sobiq prezident Donalʻd Trampning kelgusi yil boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovida mazkur shtatda saylov kampaniyasini amalga oshirishini taqiqlovchi qarorni qabul qildi.

Qarorga koʻra, 2024 yilning 5 martida Koloradoda respublikachi nomzodlar raqobatlashadigan birlamchi saylovlarda Trampning nomi saylov byulletenlarida boʻlmaydi.

Sud Trampning 2021 yil 6 yanvarda Kongressga uyushtirilgan bosqin vaqtidagi Trampning xatti-harakatlari “gʻalayon va isyon” jinoyatlariga mos tushib, ushbu jinoyatlar Konstitutsiyaning 14-moddasi 3-qismida taʻʻkidlangan “federal lavozimga tayinlana olmaydi” koʻrinishidagi vaziyatga uygʻun keladi, degan qarorga keldi.

AQSh tarixida birinchi marta Konstitutsiyaning “gʻalayon va isyon” moddasi prezidentlikka nomzodning poygada qatnasha olmasligiga sabab sifatida qoʻllanildi.

Ushbu bandda aytilishicha, "Federal yoki shtat mansabdor shaxsi davlatga qarshi qoʻzgʻolon yoki isyonda qatnashmasligi yoxud davlat dushmanlariga yordam yoki tasalli bermasligi kerak".

Tramp qarorni AQSh Oliy sudiga etkazishi va yakuniy qaror shu erda qabul qilinishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda aks ettirilgan ilk baholarda respublikachilar bu qarorning Trampga siyosiy foyda keltirishiga eʻʻtibor qaratgan boʻlsa, Demokratlar tarafdorlari 6 yanvardagi Kongress reydi tufayli Trampning bunday jazoga loyiq boʻlganini izohladi.

Koʻrib chiqilayotgan qaror faqatgina Trampning Kolorado shtatidagi ahvoliga taʻʻsir qilgan boʻlsa-da, 2024 yil 5 noyabrda butun mamlakat boʻylab oʻtkaziladigan prezidentlik poygasiga ham bilvosita taʻʻsir koʻrsatishi mumkinligi aytilmoqda.

Mavzuga aloqador