Turkiyaning Antaliya shahri Isroilning Bat Yam shahri bilan qardoshlik aloqalarini bekor qildi. Avvalroq Adana shahri Beer Sheva bilan qardoshlikni uzgan edi.

Turkiyaning Antaliya shahri Isroilning Tam Yam shahri bilan qardosh shahar shartnomasi bekor qildi. Turkiya Falastin uchun xalqaro boykot, sarmoyalarning qaytarilishi va sanktsiyalar harakati (BDS Türkiye) tashabbusi shahar kengashi yigʻilishida maʻʻqullandi, deya xabar qildi BDS Türkiye.

"BDS Türkiye murojaati bilan Antaliya hokimligi bugun boʻlib oʻtgan kengash yigʻilishida Bat Yam shahri bilan qardosh shahar shartnomasini bekor qildi", - deyiladi xabarda.

Shartnomani bekor qilish qarori Antaliya shahar hokimligi kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.

Oʻtgan oy Adana shahar hokimligi Isroilning Beer Shva shahri bilan “qardosh shahar" shartnomasini bekor qilgan edi.

Turkiyada hozirda Izmir va Tel-Aviv, Kadikoʻy tumani va Petah Tikva munitsipaliteti, Edirne va Bat Yam, Marmaris va Ashkelon oʻrtasida qardosh shahar/qardosh hokimlik shartnomalari amal qilmoqda.

BDS Türkiye hokimliklarning qaror qabul qiluvchi organlariga bosqinchi-genotsidchi Isroil jinoyatlarini oqlashga xizmat qiluvchi ushbu kelishuvlarni zudlik bilan bekor qilish chaqirigʻini takrorladi.

Mavzuga aloqador