Askar Akaev Qirgʻizistonning sobiq prezidenti maqomini tiklashga harakat qilmoqda
2005 yilda hokimiyatdan agʻdarilgan Askar Akaev Qirgʻiziston Jogorku Keneshiga sobiq prezident maqomini tiklashni soʻrab murojaat qildi. Parlament fraktsiyalari va deputatlari maslahatlashib, yakuniy qaror qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy
qonunchilik qoʻmitasi rahbari Cholpon Sultanbekova Askar Akaev Jogorku Kenesh
spikeri nomiga uning sobiq prezident maqomini qaytarishni soʻrab maktub yoʻllagani
haqidagi maʻʻlumotni tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, murojaat 30 iyulʻ
kuni kelib tushgan.
“Spiker
maktubni qoʻmitamizga topshirdi, ammo bu juda uzoq jarayon, barcha fraktsiyalar va
deputatlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilib, tegishli qaror qabul qilinadi”, —
dedi Sultanbekova.
Eslatib oʻtamiz, Akaev 2005 yilning martida hokimiyatdan
agʻdarilgan edi. 2021 yilda u birinchi marta «Qumtor» ishi boʻyicha guvohlik berish
uchun Bishkekka qaytib keldi. Shundan soʻng prezident Sadir Japarov Akaev avvalgi xatolarini
toʻliq bartaraf etganini va Bosh prokuratura unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat
ishini yopganini maʻʻlum qildi.
Japarov keyingi intervʻyusida sobiq rahbar haqida ijobiy fikr
bildirdi. Keyinroq Akaev
ham nafaqaga chiqqandan keyin Qirgʻizistonga qaytish niyati borligini maʻʻlum qildi,
deb yozadi SputnikKg.