06.03.2024 07:37

17 mingdan ortiq oʻzbekistonlik AQShdan boshpana soʻragan

2023 yilda Amerikaga 50 mingdan oshiq markaziy osiyolik noqonuniy kirgan. AQSh sudlaridan 17 mingdan ziyod Oʻzbekiston, 7 ming nafar Qirgʻiziston, 3 ming nafar Tojikiston , 2,7 ming nafar Qozogʻiston va 2 ming nafar Turkmaniston fuqarolari boshpana soʻragan.

2023 yilda AQShga 50 mingdan oshiq markaziy osiyolik noqonuniy ravishda chegarani kesib oʻtgan, deya maʻʻlum qildi Montana shtati senatori Stiv Deyns "yuqori martabali amaldor" maʻʻlumotlariga tayanib.

Deyns muhojirlar oqimidan xavotir bildirib, ularning baʻʻzilari "AQSh hududida terroristik hujumlar uyushtirishi mumkin boʻlgan uyqudagi yacheykalar" shaklida potentsial xavf tugʻdirishi mumkinligini taʻʻkidladi.

AQShda boshpana soʻrovlari boʻyicha sud majlislarini kuzatuvchi Transaction Records Analysis Center (TRAC) maʻʻlumotlariga koʻra, hozirda Markaziy Osiyo davlatlarining kamida 40 ming fuqarosi ish koʻrishi kutilmoqda. Ularning 17 ming nafari Oʻzbekiston, 7 ming nafari Qirgʻiziston, 3 ming nafari Tojikiston, 2,7 ming nafari Qozogʻiston va 2 ming nafari Turkmaniston fuqarolaridir.

Chegaradagi muhojirlar inqirozi munosabati bilan senator AQSh prezidenti Jo Baydenga murojaat qilib, uni chora koʻrishga chaqirdi.

Daily Mail tomonidan taqdim etilgan rasmiy statistik maʻʻlumotlarga koʻra, Bayden 2021 yilda prezidentlikka kelganidan beri 7,3 milliondan ortiq muhojir AQSh chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan. Bir oy ichida chegarani kesib oʻtgan muhojirlarning rekord soni 2023 yil dekabrida qayd etilgan va 302 ming kishidan oshgan. Ulardan 19 nafari FQBning qidiruvdagi terrorchilar roʻyxatida boʻlgan.

Taʻʻkidlash joizki, migratsiya masalasi 2024 yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasining asosiy jihatlaridan biriga aylandi.

Reuters-Ipsos agentligining 31 yanvarʻ kuni oʻtkazilgan soʻrovi Amerikaning migratsiya muammolariga qiziqishi ortib borayotganini koʻrsatdi, respondentlarning 17 foizi ushbu masalani AQShning ayni damdagi eng dolzarb muammosi deb atagan.

Eslatib oʻtamiz, 3 mart kuni 74 nafar, 2023 yilning dekabrida esa 119 nafar Meksika orqali AQShga noqonuniy oʻtgan Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi. AQShning Toshkentdagi elchixonasi Amerikaga noqonuniy ravishda borganlarni deportatsiya qilish davom etishini bildirdi.

Mavzuga aloqador