19.12.2023 09:57
Texas gubernatori noqonuniy muhojirlarni hibsga olishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
Respublikachi Greg Ebbott AQSh prezidenti Jo Bayden shtatni oʻz holiga tashlab qoʻyganini iddao qildi.
Texas gubernatori shtat organlariga AQSh-Meksika chegarasini noqonuniy kesib oʻtganlikda gumonlangan shaxslarni hibsga olish va deportatsiya qilish imkonini beruvchi qonunni imzoladi.
Chegaradagi Braunsvill shahrida boʻlib oʻtgan marosimda qonun loyihasini imzolagan Ebbott prezident Jo Baydenni Texasga "noqonuniy kirish toʻlqini"ni toʻxtatish uchun hech qanday chora koʻrmaganlikda aybladi va bu chora ruxsatsiz kelishlarni 50-75 foizga kamaytirishini aytdi.
"Baydenning qasddan harakatsizligi Texasni qiyin ahvolga solib qoʻydi", - dedi Ebbott va ushbu chora boʻyicha ruxsat etilmagan kirish oqibatlarini "shunchalik oʻta ogʻirki, kartellar tomonidan kontrabanda qilingan odamlar Texasga kelishni xohlashmasligini” taʻʻkidladi.
Yangi qonunga koʻra, Texas shtati politsiyasi chegarani noqonuniy kesib oʻtganlikda gumon qilingan har qanday shaxsni hibsga olishi, mahalliy sudʻyalar esa ularga mamlakatdan chiqarib yuborish boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
Respublikachi gubernator Greg Ebbottning dushanba kuni Senatning 4-sonli qonun loyihasini maʻʻqullashi odatda immigratsiya qonunlarini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan federal hukumat bilan huquqiy kurashni yuzaga keltirdi.
Tanqidchilar ushbu qonunni 2010 yilda AQSh Oliy sudi tomonidan bekor qilingan Arizona qonunidan keyin immigratsiyani tartibga solishga qaratilgan eng keng qamrovli urinish deb atashdi.
Texasdagi Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi dushanba kuni bu choraga sud orqali eʻʻtiroz bildirishini bildirib, hujjatning "federal immigratsiya qonuniga zid kelishi” hamda irqiy ziddiyatlarni qoʻzgʻatishini maʻʻlum qildi.
Kongressdagi 20 dan ortiq demokratlar ham AQSh Adliya vazirligini hujjatni bekor qilish uchun sudga daʻʻvo kiritishga chaqirgan xatni imzolashdi.