23.11.2024 17:00

Tramp milliarderlarga lavozim berdi. AQShda ham «boy boyga boqadi»gan zamon keldimi?


Donalʻd Tramp AQShdagi prezidentlik saylovida gʻalaba qozonganidan soʻng, oʻz maʻʻmuriyatini shakllantirishni boshlab yubordi. U allaqachon oʻndan ortiq shaxslarni muhim lavozimlarga tayinlagan. Ushbu tayinlovlar Trampning AQSh prezidenti sifatida kelgusida qanday siyosat yuritishini prognoz qilish imkonini beradi.
Eʻʻtiborlisi, Donalʻd Tramp saylovda gʻalaba qozonganidan bir hafta oʻtib, uni qoʻllab-quvvatlagan insonlarni muhim lavozimlarga tayinlashga kirishdi. Jumladan, Tramp oʻziga saylov jarayonlarida koʻmak bergan milliarderlar – Ilon Mask va Vivek Ramasvamini yangi departamentga rahbar etib tayinlashini maʻʻlum qildi. 
Shundan soʻng, qator nashrlar milliarderlarning AQSh hukumatida keng koʻlamli islohotlar oʻtkazmoqchiligi haqida yozdi. 
Qayd etilishicha, tadbirkorlarning asosiy maqsadi – davlat xarajatlarini kamaytirish, davlat apparatini qisqartirish va iqtisodiyotni tartibga solishdan voz kechishdir. Ular Oq uy bilan hamkorlikda byurokratiyaga barham berish, ortiqcha qoidalarni yoʻq qilish va federal agentliklarni qayta qurish uchun ishlaydigan boʻlim yaratishni taklif qilishgan. Mask va Ramasvami oʻzgarishlarni prezident koʻrsatmalari orqali «noqonuniy» qoidalarni yoʻq qilish, keyin esa davlat xodimlari sonini qisqartirish, federal idoralar ishini tartibga solishdan boshlamoqchi.
Islohot davlat xizmatchilari sonini qisqartirish, ortiqcha amaldorlarni vazifasidan boʻshatish va xususiy sektorda ish topishga yordam berishni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, ayrim davlat idoralarini Vashingtondan koʻchirish va besh kunlik ish haftasini joriy etish ham taklif qilinyapti.
Eʻʻtiborlisi, yaqinda Donalʻd Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu muloqotda Mask ham ishtirok etgan. Bu esa tadbirkorning AQSh prezidentiga taʻʻsir darajasi kuchliligidan darak beradi. Ayni paytda sayyoramizning eng boy insoniga aylangan Ilon Mask, shubhasiz, Trampning saylovlardagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshganini ham aytish joiz. Tramp xalq ovozi bilan nafaqat Oq uyni, balki Senat va Vakillar palatasini ham qoʻlga kiritdi. Hatto rasman Oq uyga kirishidan oldin, Tramp Maskka AQSh federal agentliklarining taʻʻsirini kamaytirish uchun «Hukumat samaradorligi departamenti» portfelini topshirdi. Bu qadam AQSh byudjeti taqchilligini (2024-moliyaviy yil uchun 1,84 trillion dollar) qisqartirish bahonasi bilan amalga oshirildi. 
Ilgari oʻzining elektromobillari (TESLA) va koinotni tadqiq etuvchi kompaniyasi (Space X) bilan mashhur boʻlgan Mask Twitter'da oʻz siyosiy qarashlarini ham eʻʻlon qilib borayotgandi. Biroq, 44 milliard dollarlik bitim evaziga Twitter'ni sotib olib, uni «X» deb qayta nomlagan Mask X'ning «juda soʻlchi va liberal yoʻnalish olgani»ni his qildi. Shu sababli, u ijtimoiy tarmoqning koʻplab taqiqlangan akkauntlarini, jumladan, 2021 yil 6 yanvardagi isyondan soʻng taqiqlangan Trampning akkauntini ham tezda qayta tikladi. 
Mask oʻng qanot X akkauntlarini qoʻllab-quvvatlagan holda, konservatizm va anti-liberal dunyoqarash foydasiga madaniy va siyosiy kurashga bel bogʻladi. Tadbirkor sobiq «Tvitter»ni sotib olishidan asosiy maqsadi soʻz erkinligini himoya qilish ekanini aytgan boʻlsa-da (AQSh Konstitutsiyasining birinchi tuzatishi), koʻplab ichki hisobotlar va mustaqil jurnalistlarning baholariga koʻra, X (sobiq «tvitter») dezinformatsiya, notoʻgʻri maʻʻlumotlar va soxta yangiliklar tarqatishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, platformada Maskning qarashlariga toʻgʻri kelmaydigan har qanday tanqidiy ovoz oʻchirilmoqda. 

Amerikalik kuzatuvchilarining fikricha, X Trampning gʻalabasida misli koʻrilmagan rolʻ oʻynagan. Bu erda algoritmlar «Keling, Amerikani yana buyuk qilaylik!» shiori ostida Trampning kun tartibi va uning shaxsini ulugʻlovchi yangiliklar va maʻʻlumotlar tarqatilgan. Bu holat liberallar Kamala Harrisni qoʻllab-quvvatlagan anʻʻanaviy ommaviy axborot vositalaridan tubdan farq qiladi. Respublikachi nomzod AQShning etti shtati – Arizona, Michigan, Pensilʻvaniya, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Viskonsin va Nevada shtatlarida raqibini magʻlub etishida Mask ijtimoiy tarmogʻi omilini hisobga olmaslik xato boʻladi.
Bundan tashqari, Mask oʻsha shtatlarda 200 million dollar sarflab, saylovchilarni Trampga ovoz berishga undash orqali uni moliyaviy jihatdan ham qoʻllab-quvvatlagandi. U «Amerika demokratiyasi Trampsiz yashay olmaydi» va «demokratlar sizning qurolga ega boʻlish huquqingizni tortib olishi mumkin» kabi bayonotlar berdi hamda saylovchilarni koʻp marotaba Tramp nomzodiga ovoz berishga chorladi. Natijada, Tramp va Mask oʻrtasida Amerika siyosati, iqtisodiyoti va jamiyatini sezilarli ravishda shakllantirish mumkin boʻlgan oʻziga xos aloqa qaror topdi.
Shularga qaramay, tanqidchilar Maskning Tramp bilan aloqalari biznes manfaatlaridan kelib chiqib yoʻlga qoʻyilgani haqida gapirishmoqda. Ularning taʻʻkidlashicha, tadbirkorning TESLA, Space X kabi kompaniyalari hukumatning turli siyosatlaridan foyda koʻrdi va uning Tramp bilan munosabatlari mafkuraviy moslashuvdan koʻra moliyaviy manfaatga asoslanishi mumkin.
Oʻz navbatida Mask ham Trampning adolatsiz siyosati – musulmonlar uchun AQShga sayohatni taqiqlash va Isroilning Falastindagi genotsidini qoʻllab-quvvatlashiga qarshi emas.    
Sababi 7 oktyabrʻ voqealari va Falastindagi qirgʻin avjiga chiqqanidan buyon ikkala tadbirkor ham HAMAS qarshilik harakati va musulmonlarni urush boshlashda ayblab keladi. Ular uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan Isroilning falastinliklarga nisbatan zulmi haqida gapirishni istashmaydi. Aslida, oʻtgan asrning 40-yillaridan beri sionistlarning qotilliklari, bosqinchilik harakati va irqiy kamsitishlari davom etib kelmoqda. Boylik va rohat quchogʻida yashashni oʻzining oliy maqsadi deb biladigan Tramp va Mask singari amerikaliklar buni bilsa-da, haqiqatni tan olishni istamaydi.
Xulosa qilib aytganda, Tramp oʻz atrofiga maslakdoshlarini yigʻish barobarida oʻzining ikkinchi muddatida ham avvalgi siyosatini davom ettirishi va baʻʻzi sohalarda yanada kuchaytirishga harakat qilishi kutilmoqda. Uning sionistlar bilan bir tan-u jon ekanligi, avvalgi prezidentlik davrida Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olish haqidagi bahsli qarori ham shular jumlasidandir. 

Mavzuga aloqador