10.03.2025 08:30
220

Tahlil: Arab Ligasi qanday tashkilot bugun uning oʻrni bormi?

Arab Ligasi deb nomlanuvchi 22 aъzodan iborat davlat guruhi bir necha oʻn yillar davomida, xususan, asosiy mintaqaviy muammolardan biri hisoblangan Falastin masalasida oʻz ahamiyatini toʻlaqonli koʻrsata olmadi.

Biroq uning taъsiri qayta tiklanishi mumkin, chunki tashkilot hozirda Gʻazodagi urushni tugatish boʻyicha yagona pozitsiyani taklif qilishga intilmoqda. Lekin uning bundan maqsadi mintaqadagi oʻziga xos rejimlarni saqlab qolish umididir.

1944 yil 7 oktyabrda ettita arab davlati Aleksandriya protokoli deb nomlanuvchi hujjatni imzoladi. Keyingi yili Misr, Iroq, Transiordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya va Shimoliy Yamanni oʻz ichiga olgan Arab davlatlari ligasi deb nomlanuvchi tashkilot tuzildi.

Hozirda unga Arab Ligasi kengashida ovoz berish huquqini saqlab qolgan yigirma ikkita aъzo davlat kiradi, qoʻshimcha ettita kuzatuvchi davlat esa sessiyalarga ovoz berish huquqisiz ishtirok etish uchun taklif etiladi.

Uning eng birinchi muhim qarori Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash uchun aralashuv masalasida qabul qilingan. Hujjat nizolarni hal qilish, iqtisodiy kelishuvlarni tuzish, shuningdek, siyosiy masalalar boʻyicha arab pozitsiyasini birlashtirishga qaratilgan guruh boʻlishiga qaramay, arab jamoatchiligi oldida obroʻsi tushib ketgan organga aylandi.

1967 yil iyunь urushi ortidan Sudanning Xartum shahrida Arab Ligasi sammiti boʻlib oʻtdi. Oʻshanda "uchta yoʻq" deb nomlanuvchi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi: Isroil bilan tinchlik yoʻq, Isroilni tan olish yoʻq, u bilan muzokaralar yoʻq.

Bu qaror normallashtirishga qarshi tarixiy pozitsiya sifatida koʻrilayotgan boʻlsa-da, isroillik muallif Avi Shlaim keyinchalik arab etakchilarining rezolyutsiyani qanday talqin qilgani haqida shunday yozgan edi: "Rasmiy tinchlik shartnomasi yoʻq, lekin tinchlikni rad etish bor; toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yoʻq, lekin uchinchi shaxslar orqali gaplashish bor; Isroilni de-yure tan olish yoʻq, lekin uning davlat sifatida mavjudligini qabul qilish bor".

Arab Ligasi oxirgi marta Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn 1991 yilda Quvaytga bostirib kirganida bir masala atrofida birlashgan edi. Oʻshanda tashkilot Qoʻshma Shtatlar xohishini qoʻllab-quvvatladi. 2003 yilda Iroqqa bostirib kirilganida esa, Arab Ligasi oʻz legitimligini yoʻqotdi.

Falastin masalasida esa arab etakchilari uchun mavzu boʻyicha oʻz fikrlarini bildirish maydoniga aylandi, bunda biror narsani amalga oshirish uchun harakat qilish kutilmaydi. Masalan, 2002 yilda Bayrutda Arab davlatlari ligasi sammiti boʻlib oʻtdi. Unda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi "Arab tinchlik tashabbusi" rasman ratifikatsiya qilindi. Ammo bu masalada oldinga siljish boʻlmadi, aksincha, BAA, Bahrayn, Marokash va Sudan bu gʻoyaga xiyonat qildi, Saudiya Arabistonining oʻzi esa 2023 yilda undan voz kechish arafasida edi.

"Ikki davlat echimi" deb ataladigan bu samarasiz chaqiriqlar asosan arab avtokratlarining Isroil bilan munosabatlarini normallashtirish va shu bilan birga Qoʻshma Shtatlarni mamnun qilish maqsadida qilingan bemaъni harakatlar sifatida qabul qilindi.

Biroq Arab dunyosi rahbariyatining hozirgi ahvoli yo tarixiy yutuq yoki tanazzulga olib kelishi mumkin boʻlgan holatni keltirib chiqarmoqda. 28 fevralь kuni boʻlib oʻtgan Arab Ligasi yigʻilishi Tramp maъmuriyatining Gʻazo sektorini etnik tozalash taklifiga qarshi yagona pozitsiyani shakllantirish uchun oʻtkazilgan edi.

Ushbu yigʻilishning asl mohiyati shundaki, arab rahbariyati AQSh prezidenti Donalьd Trampning Falastin xalqini Iordaniya, Misr va hatto Saudiya Arabistoni kabi davlatlarga koʻchirish bilan tahdid qilganiga javoban barcha tomonlar uchun maqbul boʻlishi mumkin boʻlgan urushdan keyingi Gʻazo boshqaruvi uchun qarshi taklif tayyorlashga harakat qilish edi.

Isroil Suriyadan yanada koʻp erlarni noqonuniy tortib olish, janubiy Livanni tark etishdan bosh tortish va Gʻarbiy sohilni qoʻshib olishni koʻzlab, oʻz hududini doimiy ravishda kengaytirib borar ekan, arab hukmdorlari uchun gʻoyat xavotirli vaziyat yuzaga kelmoqda. Ular endi nihoyat oʻzlarining boshiga tushishi mumkin boʻlgan falokatni bartaraf etadigan umumiy pozitsiyaga kelishga majbur boʻlmoqda.

Hatto oʻzlarining shaxsiy manfaatlari xavf ostida boʻlsa ham, ular yana imkoniyatni boy berishadimi yoki bundan foydalanishadimi, bunisi hali nomaъlum.

Mavzuga aloqador