15.10.2024 16:31

Isroil va Gʻarb mahsulotlarini nega boykot qilishimiz kerak?

Agarda siz bu harakatdan charchagan boʻlsangiz, bilingki, Isroil boʻlmish dushman bizning gʻazolik birodarlarimizni oʻldirish va qatl qilishdan charchamayapti. Shu bilan birga u bizning goʻdaklarimizni azoblashda, ularni yaqinlaridan judo qilishda, och-nahor va suvsiz qoldirishda davom etyapti. Siz ushbu tuzumga koʻmak boʻlayotgan mahsulotlarni sotib olmoqchi boʻlganingizda yoki ularni qoʻllab-quvvatlayotgan mashhurlarni kuzatayotganingizda shuni unutmangki, ishgʻolchi tuzum mazlumlarning qonini shafqatsizlarcha toʻkyapti, asl er egalarining uylarini buzyapti, eng yomoni – siz ham qaysidir maʻʻnoda ularga yordamlashyapsiz.

Boykot – Isroil bosqinchi kuchlari tomonidan ommaviy qirgʻin qilinayotgan Falastin xalqini tinch yoʻl bilan qoʻllab-quvvatlash yoʻlidir. Bu harakat sionist fashistlari va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotganlarning mavjudiyatiga xavf solib, ularni zaiflashtiradi.

Urush boshlanganidan buyon Isroil va uning sheriklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan voz kechish koʻlami tobora kengayib bormoqda. Dunyoda Isroil tovarlari, ularning markalari, shuningdek sionistlarning genotsid urushiga xizmat qilayotgan barcha savdo tarmoqlariga nisbatan salbiy reaktsiyalar yuzaga kelib, ularning nomlari ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalmoqda. Hozir urushning bir yilligidamiz va shu paytgacha berilgan iqtisodiy zarbalarning oʻzigina ushbu tuzumga yordam berayotgan yirik halqaro kompaniyalarni qiyinab qoʻydi. Shuning oʻzi bizga boykot harakatining qay darajada taʻʻsirli va ahamiyatli ekanini koʻrsatib beradi.

Ushbu harakatning mamlakatimiz ravnaqi uchun ham foydasi biz oʻylaganimizga qaraganda koʻproq. Bugungi kunda boykot qilayotgan mamlakatlarning ishlab chiqarishdagi yuksalishi bunga yorqin misol boʻla oladi. Faol boykot harakatlari hatto Gʻarb davlatlarida ham yangi mahalliy va raqobatchi brendlarning yuzaga chiqishiga xizmat qilmoqda. Bunday harakatlar davlatlarni mahalliy bozorda mustaqillikka erishishi sari etaklaydi.

Shunga qaramay, ming afsuslar boʻlsinki, ichimizda hali ham boykotning kuchi va taʻʻsiriga shak-shubha bilan qarayotanlar mavjud.

Binobarin masalaning sharʻʻiy jihatiga qarasak, zamondosh ulamolar kengashi ham ayni paytda boykotning vojib boʻlgani toʻgʻrisida fatvo chiqardi. Ushbu boykot harakati mol bilan jihod qilish sirasiga kirib, iymonning eng zaif koʻrinishi sanaladi. Shu bilan birga bu narsa orqali biz birodarlarimiz uchun nimadir qilayotganimizni his etamiz.

Agarda siz bu harakatdan charchagan boʻlsangiz, bilingki, Isroil boʻlmish dushman bizning gʻazolik birodarlarimizni oʻldirish va qatl qilishdan charchamayapti. Shu bilan birga u bizning goʻdaklarimizni azoblashda, ularni yaqinlaridan judo qilishda, och-nahor va suvsiz qoldirishda davom etyapti. Siz ushbu tuzumga koʻmak boʻlayotgan mahsulotlarni sotib olmoqchi boʻlganingizda yoki ularni qoʻllab-quvvatlayotgan mashhurlarni kuzatayotganingizda shuni unutmangki, ishgʻolchi tuzum mazlumlarning qonini shafqatsizlarcha toʻkyapti, asl er egalarining uylarini buzyapti, eng yomoni – siz ham qaysidir maʻʻnoda ularga yordamlashyapsiz.

Goʻdagining jasadini qoʻliga olib, faryod qilayotgan onalarni, hech bir sababsiz oʻldirilayotgan va qiynoqlar ostida saqlanayotgan otalarni, dori-darmondan mahrum qilinayotgan bemorlar va yaradorlarni, zoʻravonlik qurboni boʻlayotgan xotin-qizlarni, qoʻrquvdan yuragi toʻxtab qolgan bolajonlarning taqdirini unutmang! Yodingizda tuting: siz toʻlagan har bir tiyin mazlumlarni oʻldirish uchun ishlatilayotgan qurollarga toʻlangan pul demakdir.

Bunga qarshi boʻlsangiz, boykot qiling va buni Alloh yoʻlidagi jihod deb hisoblang! Siz hozir oʻzingiz yoqtirgan, lekin muqobili bor narsadan oʻzingizni tiymoqdasiz. Sizda hozir tanlov bor, ammo falastinliklar uchun bunday imkoniyat yoʻq!

Mavzuga aloqador