15.03.2025 16:20
210

Islomofobiyaga qarshi kurash kuni: hammasiga Tramp aybdormi?

AQSh prezidenti Donald Trampning qayta saylanishi dunyoda islomofobiyaning kuchayishiga sabab boʻlgan birgina hodisa emas, balki islom dushmanlari tomonidan shu paytgacha amalga oshirilgan ishlarning natijasidir. Oʻnlab yillar davomida jamoatchilikka taъsir koʻrsatgan maъlum shaxslar, siyosatchilar, tahlil markazlari va ommaviy axborot vositalari islomofobiyaning tarqalishi va chuqur ildiz otishiga hissa qoʻshdi. Islomofobiyaning odatiy holga aylanishi, oʻng qanot ekstremistik gʻoyalarning asosiy siyosiy oqimga kirib kelishiga yoʻl ochdi. Bir vaqtlar faqat oʻng qanot ekstremistik guruhlarga xos boʻlgan fikrlar endi Gʻarb hukumatlari uchun odatiy holga aylandi. Bundan tashqari, islomofobiyaning kuchayishi faqat oʻng qanot partiyalarining saylovdagi muvaffaqiyati bilan cheklanib qolmadi; boshqa partiyalar ham bu jarayonga maъlum miqdorda oʻz hissasini qoʻshdi.

2024 yil yozida, Tramp qayta saylanishidan oldin, Buyuk Britaniyada yirik islomofobik hujumlar yuz berdi. Zoʻravonlik harakatlari "bir musulmon qochqin uch nafar yosh qizni oʻldirgani" haqidagi asossiz mish-mish tarqatilganidan soʻng avj oldi. Masjidlar hujumga uchradi, musulmonlar koʻchada jismoniy zoʻravonliklarga duchor boʻldi, qochqinlar yotoqxonasi esa yoqib yuborildi. Shu paytgacha koʻpchilik Britaniyani Gʻarbdagi musulmonlar uchun nisbatan xavfsiz mamlakat deb hisoblashardi. Soʻnggi voqealar esa bunday fikrda yurganlarning ham hafsalasini pir qildi. 

Keyinchalik musulmonlarga qarshi fitnaga sabab boʻlgan yolgʻonning misi chiqdi: qizchalarning qotili hech qanday qochqin ham, musulmon ham emas, aksincha britaniyalik nasroniy boʻlib chiqdi. Afsus endi voqealarni ortga qaytarishning imkoni yoʻq edi: bu bilan mintaqada islomofobiyaning qay darajada ekani oshkor boʻlib qoldi.

Islomofobiya faqat alohida shaxslar yoki oʻng qanot ekstremistik guruhlar targʻib qiladigan hodisa emas. OAV egalaridan tortib, texnologiya milliarderlari va oʻng qanot siyosatchilarigacha bu jarayonning sababchilari sanaladi. Ishgʻol ostidagi Falastinda va Hindistonda uylarning buzilishi, Xitoyda masjidlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi, Qurъonning yoqilishi, azonning taqiqlanishi, musulmon va nomusulmon davlatlarda hijob kiygan ayollarga qarshi zoʻravonliklar – bu tizimli muammoning aks-sadolari hisoblanadi.

Trampning qayta saylanishi esa ushbu muammoni hal qilish uchun qanday qadam qoʻyish kerakligini yanada aniqroq koʻrsatdi. Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealardan soʻng, hatto eng befarq kuzatuvchilar ham AQSh va Evropa Ittifoqi inson huquqlarining ishonchli himoyachilari emasligini tushunib etishdi. Trampning ikkinchi muddati, oʻng qanot ekstremizmining barqaror yoʻnalishga aylanganini va oʻz-oʻzidan yoʻqolmasligini koʻrsatdi.

Islomofobiya dunyo boʻylab etnik millatchilarni birlashtiruvchi elementga aylanib, aparteid va genotsidni oqlaydigan vositaga aylandi. Shuningdek, bu holat professional manipulyatorlarga jurnalist yoki haqiqatni targʻib qiluvchi niqobi ostida faoliyat yuritishlari uchun munosib zamin yaratdi. Endi johillik yoki befarqlik bahona boʻlolmaydi. Islomofobiya taъrifi ustidan cheksiz bahs-munozaralar olib borish oʻrniga, uni yoʻq qilishga qaratilgan aniq harakatlarga ehtiyoj ortib bormoqda.

Islomofobiyaning musulmonlar xatti-harakatlariga nisbatan xato reaktsiya ekanligi yoki agar nomusulmonlar Islom haqiqatini anglab etsa, bu muammo yoʻqolishi haqidagi iddaolar mavjud. Ammo Islomofobiya – eъtiqod masalasi emas, balki musulmon shaxsiyatiga qarshi qaratilgan irqchilik koʻrinishidir. Odamlarning kiyimi, isteъmol qiladigan taomi, yashash joyi yoki qoʻllab-quvvatlaydigan gʻoyasi sababli nishonga olinishi islomofobiyaning asosiy mexanizmlaridan biridir. Bu erda shaxsning dindor musulmon boʻlishi yoki boʻlmasligi muhim emas. Chunki kamsitish harakatlari eъtiqodni emas, balki musulmon shaxsiyatini nishonga oladi.

Islomofobiyaga qarshi global birdamlik

Hozirda keng koʻlamli jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyasi zarur. Ushbu kampaniya islomofobiyaning eъtiqod farqliligi emas, balki irqchilikning bir koʻrinishi ekanligini qabul qilishi va uning jamiyatga taъsiriga eъtibor qaratishi lozim. Ammo Islomofobiya davlat loyihasi ekanini tan olmasdan turib, bunday kampaniyaning muvaffaqiyatli boʻlishi imkonsiz. Bugungi kunda koʻpgina hukumatlar va davlat institutlari islomofobiyaga qarshi kurashish oʻrniga, uning tarqalishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Islomofobiya nafaqat Telь-Aviv, Dehli yoki Parijda davlat siyosati sifatida namoyon boʻlyapti, balki Islom hamkorlik tashkilotiga aъzo boʻlgan ayrim davlatlar ham uning faol targʻibotchilari qatorida turibdi. 

Bu rejimlar faqatgina islomofobik shaxslar, jinoiy guruhlar va tahlil markazlarini moliyalashtirish bilan cheklanmay, balki islomofob etakchilarga platforma yaratib, bu siyosatni davom ettirish uchun maxfiy bitimlar tuzmoqda. Koʻplab mustabid rahbarlar islomofobiyaga mablagʻ tikish orqali Tramp kabi liderlarning nishoniga aylanmaslik va shu tariqa oʻz hokimiyatlarini cheksiz davom ettirish imkoni deb oʻylashadi.

Jamoat diplomatiyasi va anъanaviy diplomatik harakatlar islomofobiyaga samarali qarshi turish uchun hayotiy ahamiyatga ega.

Buning uchun muvofiqlashtirilgan yondashuv va xalqaro islomofobiyaga qarshi ittifoq tashkil etilishi kerak. Bunday ittifoq inson huquqlari tashkilotlarini, ommaviy axborot tarmoqlarini, media tarmoqlari, ijtimoiy media platformalarini va islomofobiyaning tahdidlarini tan oladigan hukumatlarni birlashtiradi. Ushbu subъektlarda birgalikda harakat qilish, jamoatchilik ongini oshirish, mazmunli siyosiy oʻzgarishlarni talab qilish va Islomofobiyaning global darajada tarqalishiga yoʻl ochayotgan tuzumni bartaraf qilish imkoniyati mavjud.

Islomofobiyaga qarshi kurash faqat musulmonlarning emas, balki barcha insonlarning masъuliyati hisoblanadi.

Ushbu kurash muvaffaqiyatli boʻlishi uchun keng qamrovli, xalqaro hamkorlik va samarali strategiya zarur. Bu jarayonda eng muhim jihat, qaysi qadamlar tashlanishi emas, balki bu qadamlarni kim tashlashi boʻladi. Shu tariqa, kuchli jamoaviy iroda yordamida islomofobiyaning chuqur ildiz otgan tuzilmalari larzaga keltirilishi va adolat tiklanishi mumkin.

Salmon Sayyid, Lids universiteti akademigi  

Mavzuga aloqador