11.09.2025 08:15
45

Haqiqiy mustaqillik oʻzi ishlab chiqargan qurollarga ega boʻlishdir



Arab mamlakatlarining AQShda ishlab chiqarilgan hujumkor va mudofaa qurollarni hech qachon AQSh ruxsat bermagan holatlarda ishlatib boʻlmaydi. 
Turkiya oʻzining harbiy mustaqilligini birinchi boʻlib F-16 harbiy uchoqlarini boshqarish dasturlarini mahalliylashtirishdan boshladi. U bu loyihani chin maъnoda "Oʻzgur loyihasi" deb nomlagani bejizga emas.
Arab mamlakatlari orasida tishigacha yuksak texnologiyali AQSh  qurollari bilan qurollangan davlatlarning birortasi Isroilga havf tugʻdirmaydi. 
Eъttibor bersangiz, oʻtgan 20 yil davomida faqatgina rus-sovet qurollari bilan qurollangan davlatlargagina AQSh bloki tomonidan hujum qilindi va yoʻq qilindi. Hozircha Misr bundan mustasno.
Umuman Islom olamida hozircha toʻliq harbiy-siyosiy mustaqil davlatlar sifatida Turkiya, Pokiston va Eron bor. 
Ular orasida turli xildagi yuksak texnologiyali qurol ishlab chiqarish boʻyicha Turkiya, ballistik raketalar boʻyicha Eron, yadro arsenali boʻyicha Pokiston oʻz quvvatiga ega. 
Dunyo miqyosida esa AQSh blokiga muqobil ravishda Rossiya va Xitoy toʻliq harbiy mustaqillikka ega. Ulardan Rossiya choʻkayotgan, Xitoy esa yuksalayotgan harbiy quvvatga ega.
Shimoliy Koreya ham mahalliy qurol ishlab chiqarishiga ega boʻlsada, u asosan Eron singari ballistik raketalarga koʻproq tayanadi.
Islom olami davlatlarining hozircha eng nozik tarafi mahalliy ishlab chiqarishga asoslangan havodan mudofaa tizimi va yuksak texnologiyali aviatsiya. 
Turkiya yaqindagina mahalliy "temir gumbaz" tizimini toʻliq ishga tushirganini maъlum qildi. U shuningdek, KAAN 5-avlod uchoqlarini ham ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Havo flotini esa allaqachon mahalliy dronlar va vertoletlar bilan toʻldirib boʻlgan.
Pokiston va Eron endi shu tizim ustida ham ishlasa kerak. Zero Rossiyaning S-300 va S-400 lari Eron va Hindistonda shourumdan boshqasiga yaramasligi maъlum boʻldi. 
Pokiston nozik taraflarini Xitoy texnologiyalari evaziga yopib turibdi. 
Oʻzbekistonda ham, bilishimcha, havodan mudofaa tizida Xitoy texnologiyalaridan ham foydalaniladi.
Shuning uchun, murakkab davrda milliardlab mablagʻlarni astfalьtga emas, kontsertga toʻlayotganda, milliy mudofaa mustaqillik va havfsizlikning eng ustuvor yoʻnalishi ekanligi esdan chiqmasligi kerakmikan, deb oʻylayman.

Said Komil

Mavzuga aloqador