21.08.2025 17:35
38

AQSh isroilga bosqinchilik boʻyicha "dars beradi"mi?



Gʻazoda misli koʻrilmagan jinoyatlarni sodir etayotgan isroil yangi yurishini boshladi. Sion-fashistlar mudofaa vaziri falastinliklarga qarshi "Gideon aravalari" deb nomlangan yangi operatsiya boshlanganini, ushbu bosqinchilik urushiga yuz mingdan ortiq askarlar jalb qilinganini maъlum qildi. Vatan ozodligi uchun kurashayotgan Falastinning HAMAS qarshilik harakati tinch musulmon aholiga nisbatan genotsid uchun javobgarlik nafaqat isroil, balki Amerika sionist hukumatining ham zimmasida ekanini aytib chiqdi. Bu bejiz emas albatta. 

Vashington ishgʻol armiyasini nafaqat qurol-yarogʻ, resurslar bilan taъminlamoqda, balki oʻzining tarixi bilan ham sionistlarga "namuna"dir. Qanday deysizmi? 

Ildizlari mustamlakchilik tarixiga borib taqaladigan AQSh super davlat maqomiga qadar uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Ammo bu yoʻl mahalliy xalqlarni qirgʻin qilish hamda zoʻravonlik orqali erlarni bosib olishni ham oʻz ichiga oladi. 

Bugun Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻzini demokratiya va erkinlik homiysi sifatida koʻrsatadi. Ammo uning tarixida oʻchmaydigan qora sahifa bor – haqiqiy amerikalik hindularga qarshi genotsid.

Keling tarixga nazar solaylik: Amerikaning hindularga qarshi eng qonli jinoyatlaridan biri – Send Krik qirgʻini. 

1864 yil 29 noyabrda AQSh armiyasi va koʻngillilaridan tashkil topgan guruhlar (polkovnik Jon Chivington boshchiligida) Kolorado shtatidagi Send-Krik daryosi boʻyida mahalliy tinch aholiga hujum qildi. Hududda asosan hukumat bilan kelishuvga ishongan ayollar, bolalar va qariyalar bor edi. Oʻsha kuni asosan ayollar va bolalardan iborat 200 dan ortiq hindu oʻldirildi. Ularning mollari talon-taroj qilindi, uylariga oʻt qoʻyildi.

Aslida bundan avval AQSh hukumati yuz minglab hindularni oʻz eridan majburiy ravishda koʻchirgan edi. Bu esa “Koʻz yoshlar yoʻli” nomi bilan tarix sahifalaridan joy olgan. Yoʻlda koʻplab insonlar ochlik, kasallik va sovuqdan halok boʻlgan. Omon qolganlari ham yashash uchun yaroqsiz, qirgʻoqchil erlarga joylashtirilgandi. 

Hindularning asosiy ozuqasi boʻlgan – buyvollar ham ommaviy ravishda ovlanib, qavm ochlikka mahkum etilgandi.

Xuddi shu asrning 80-yillarida hindularni tamoman oʻzligidan judo qilish maqsadida ularning minglab bolalari majburan internatlarga joylashtirildi. Minglab bolalar qattiq intizom va kasallik sabab vafot etdi. Tarbiyalanuvchilarga yangi nasroniycha nom qoʻyilgandi. Bu – madaniy genotsid edi.

Statistik maъlumotlarga nazar tashlasak, AQShning turli usullardagi hindular qirgʻini koʻlami juda ham dahshatli. Taqqoslayvering: 1800 yillar boshida AQSh hududidagi hindular soni bir million atrofida boʻlgan. XIX asrning oxiriga kelib esa bu koʻrsatkich keskin pasayib, taxminan 250 ming–300 mingni tashkil qilgan.  

Bugun esa AQSh Falastinda asl er egalarini qirgʻin qilayotgan isroilni har tomonlama qoʻllab-quvvatlamoqda. Statistika idorasi maъlumotlariga koʻra, isroil yalpi ichki mahsuloti 2023 yilning toʻrtinchi choragida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 19,4 foizga kamaygan. Bu dinamika tovarlar va xizmatlar importining 42,4 foizga, eksportning 18,3 foizga kamayishi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, harbiy ehtiyojlar tufayli davlat xarajatlari 88 foizga oshdi. Aytish kerakki, Qoʻshma Shtatlar isroilning harbiy ehtiyojlarining asosiy etkazib beruvchisi boʻlib, ishgʻol armiyasi qoʻlidagi qurol-yarogʻning taxminan 68 foizi Amerika "tuhfasi". Aslida, AQShning isroilga qurol etkazib berishi mamlakat qonunlariga ziddir. AQShning “Tashqi yordam toʻgʻrisida”gi qonunning 502-moddasi inson huquqlarini qoʻpol ravishda buzgan hukumatlarga yordam koʻrsatishni taqiqlanishi belgilangan. Bundan tashqari, Davlat departamenti yoki Pentagon inson huquqlarini buzgan xorijiy boʻlinmalarni moliyalashtirishi man qilingan. Ushbu qonun AQShning koʻplab ittifoqchilariga nisbatan qoʻllangan boʻlsa-da, isroilga nisbatan negadir "ishlamaydi".

Shuncha vahshiyliklariga qaramay AQSh hukumati oʻzgalarni qoralashni boplaydi. Dunyoda oʻzining buzgʻunchiliklariga qarshi boʻlganlarni terrorchiga chiqaradi. Asl terrorchi va bosqinchi oʻzlari ekanini esa yashirishga urinadi.

Mavzuga aloqador