09.03.2024 14:02

Azon Global tahririyatida Umma Life asoschilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Azon Global tahririyati bosh idorasida Umma Life ijtimoiy tarmogʻi asoschilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ustozimiz Mubashshir Ahmad loyiha rahbari Iso Dogʻistoniy bilan suhbat davomida musulmonlar uchun yagona boʻlib turgan ijtimoiy tarmoqni rivojlantirish boʻyicha mulohazalarini bildirdilar, shuningdek, oʻzbek foydalanuvchilarining takliflarini etkazdilar. Jumladan, tarmoqning musiqa bilan bogʻliq talablari boʻyicha umumiy echim taklif qilindi.

Kecha, 8 mart juma kuni Azon Global tahririyati bosh ofisida “Umma Life” ijtimoiy tarmogʻi asoschilari mehmon boʻlishdi. Ularni Ustozimiz Shayx Mubashshir Ahmad qabul qildilar. Loyiha rahbari Iso Dogʻistoniy (Isa Dagestani) suhbat davomida mazkur tarmoqning yuzaga kelishi tarixi, hozirgi holati va kelgusidagi rejalari haqida batafsil soʻzlab berdi.

Ustoz Mubashshir Ahmad “Umma Life”ning hozircha musulmonlarning yagona ijtimoiy tarmogʻi boʻlib turgani, shu bois uni imkon tezroq rivojlantirib, foydalanish uchun qulay darajaga olib chiqish zarurligini taʻʻkidladilar.

Bundan tashqari, ushbu ijtimoiy tarmoqni hamma musulmonlarning chinakam maydoniga aylana olishi uchun qilinishi zarur boʻlgan bir qancha ishlarni sanab oʻtdilar. Misol uchun, musiqa masalasi. Maʻʻlumki, musiqa va qoʻshiq haqida ilgari oʻtgan katta ulamolar ham turli fikrlar bildirishgan. Ulardan ayrimlari uni butkul joiz emas desa, baʻʻzilari maʻʻlum shartlar asosida tinglasa boʻladi, deyishgan. Joiz degan ulamolar oʻz fikrlarini bir qator hadislar va sahobalarning tasarruflari bilan dalillashgan. Qolaversa, bu masalada zamonamiz ulamolari (yurtimizda ham) ham koʻp bahs-munozaralar qilishgan, marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining javoblari bu bahslarga nuqta qoʻygan.

Ikki milliarddan oshiq musulmonlarning hammasi bir xilda taqvoli emas, buni talab etish ham oʻrinsiz, qolaversa, hali aytib oʻtilganidek, maʻʻlum shartlar asosida musiqani joiz degan ulamolar ham borligini hisobga olib, Ustoz Mubashshir Ahmad “Umma Life” tarmogʻida ana shu shartlar asosida musiqaga izn berishni tavsiya qildilar.

Undan keyin, “Umma Life” asoschilari yoki maʻʻmurlari oʻzlarining eʻʻtiqod va qarashlarini tarmoqda hech bir shaklda izhor etmasliklari, ayrim firqa va toifalarga mansub kishilarning vaʻʻzlari va yozuvlarini tarmoqqa zinhor joylamasliklari kerakligiga ham urgʻu berdilar.

Ustoz tarmoqda mazhablararo bagʻrikenglik tamoyiliga amal qilinishi bilan bir qatorda, mazhabsizlik, buzgʻunchilik va boshqa turli fitna-fasod urugʻlarini erkin tarqatilishiga ham yoʻl qoʻyib berib boʻlmasligini alohida taʻʻkidlarilar.

Muloqot asnosida Siz azizlarning Ustoz chaqiriqlariga binoan izohlarda bildirgan taklif-mulohazalaringizni ham loyiha masʻʻullariga etkazildi.

Samimiy muloqot va qizgʻin suhbat ruhida oʻtgan uchrashuv soʻnggida qoʻllab-quvvatlovlari, tavsiya-takliflari uchun Shayx Mubashshir Ahmadga oʻz minnatdorligini izhor etgan “Umma Life” asoschisi Iso Dogʻistoniy (Isa Dagestani) ijtimoiy tarmogʻining hanuz rivojlanish bosqichida ekani, foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlariga javob beradigan darajaga etkazish uchun bor kuch-gʻayratlari va imkonlari bilan harakat qilayotganliklarini taʻʻkidladi hamda bu kabi muloqotlar, tavsiya va takliflar avvalo musulmonlar birdamligini yanada mustahkamlashi, tarmoqning rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanini aytdi. Qolaversa, Ustozning postlari ostida qoldirilayotgan izohlardagi taklif-mulohazalarni oʻzlari ham kuzatib borishayotgani, ularda aytilgan kamchiliklar qisqa fursatlarda bartaraf etilishini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador