10.08.2024 10:45

Ukrain qoʻshinlari Kursk viloyatida rus harbiylariga hujum qildi: yoʻqotishlar juda katta

Rossiya harbiy telegram kanallari juma kuni Kursk viloyatida harbiy karvonning magʻlubiyati haqida yozdi. Rossiya Mudofaa vazirligi vaziyatga izoh bergani yoʻq.

Juma kuni kechqurun Telegram kanallarida Kursk viloyatidagi Rilsk yaqinida Rossiya harbiy karvoniga berilgan zarba oqibatlari aks etgan videolar paydo boʻldi. Bir kun avval harbiy blogerlar Ukraina qurolli kuchlari ushbu shahar yoʻnalishida oldinga siljishi mumkinligi haqida xabar berishgandi.

Eʻʻlon qilingan kadrlarda avtomagistralʻ boʻylab eng kamida 15 ta xarbiy texnikadan iborat yonib ketgan rus harbiy yuk mashinalari karvonini koʻrish mumkin.

Rossiya Mudofaa vazirligi hamda Ukraina tomoni kolonna yoʻq qilingani haqidagi xabarlarga rasman izoh bermadi.

“Harbiy Informant” Telegram kanali 9 avgustga oʻtar kechasi harbiy yuk mashinalari karvoni HIMARS raketalari yordamida hujumga uchraganini daʻʻvo qilmoqda.

RF Mudofaa vazirligi avvalroq Kursk viloyatidagi jangovar xududlarga BM-21 "Grad" reaktiv yalpi oʻt ochish tizimi, artilleriya qurilmalari, tanklar, ogʻir zanjirli texnikalar, “Ural” va “KamAZ” rusumli avtomashinalardan iborat karvon joʻnatilganini maʻʻlum qilgandi.

Kursk viloyatidagi janglarni sharhlar ekan, mudofaa vazirligi armiya Ukraina Qurolli kuchlarining bosqiniga urinishlarini qaytarishda davom etayotganini yana bir bor taʻʻkidladi. Chorshanba kuni Bosh shtab boshligʻi Valeriy Gerasimov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Rossiya qoʻshinlari hujumni toʻxtatib, Ukraina Qurolli kuchlarini chegaraga siqib chiqarayotgani haqida xabar bergan edi, biroq ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va videolar Rossiya hali ham ushbts maqsadga erishish uchun kurashayotganini koʻrsatmoqda.

BBC tasvirlarni oʻrganib, karvonga Oktyabrskoe qishlogʻi yaqinida, eng yaqin chegara punktidan 35 kilometr uzoqlikda hujum qilinganini bildirdi.

Mustaqil tadqiqotchilar videoda halokatga uchragan 14 ta yuk mashinasini sanashdi, ularning baʻʻzilarining orqa qismida halok boʻlgan askarlarning jasadlari koʻrinib turardi. Halok boʻlganlarning aniq soni nomaʻʻlum.

Taxminlarga koʻra, zarba HIMARS raketa tizimidan amalga oshirilgan. Askarlar zirhli mashinalarda emas, balki oddiy chodirli "Ural" va "Kamaz" yuk mashinalarida ketayotgani sababli, ularning tirik qolish imkoniyati kam boʻlgan.

Nima boʻlgan taqdirda ham, baʻʻzi urush blogerlari jangovar hududda askarlarni shunday zich karvonda tashish buyrugʻini bergan qoʻmondonlarni harbiy sudga topshirishni talab qilmoqda.

Tarmoqlarda Ukraina Qurolli Kuchlari qurollari dushmanning muhim nishonlari joylashuvi haqidagi maʻʻlumotlarga juda tez tez reaktsiyaga kirishishi haqida koʻp gapirilmoqda. Ukraina razvedkachi uchuvchisiz uchoqlari doimiy ravishda havoda boʻlib, maʻʻlumot uzatish, zarba berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, raketalarni uchirish va ularga yaqinlashish bir necha soniyalarni oladi.

Mavzuga aloqador