21.12.2023 12:05

Yamanning 2 ming dollarlik dronlariga qarshi 2 mln dollarlik raketalar Pentagonni xavotirlantirmoqda

Yamanning 2 ming dollarlik dronlariga qarshi 2 mln dollarlik raketalar Pentagonni xavotirlantirmoqda

Pentagon rasmiylari xusiylarning AQSh harbiy-dengiz kuchlariga va Qizil dengizdagi xalqaro kemalarga hujum qilish xavfi, shuningdek, dron va raketalarga qarshi kurashning “juda katta xarajatlari”dan xavotir bildirishdi, deb yozmoqda Politico.

Qayd etilganidek, 2000 dollar turadigan dronni tutib olish uchun 2 000 mln dollardan ortiq turadigan oʻrta darajadagi havo hujumidan mudofaa raketasidan foydalanish kerak. Shu munosabat bilan amerikalik harbiylar Vashington havo hujumidan mudofaa vositalarining arzonroq turlarini koʻrib chiqishi kerak, deb hisoblaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQShning USS Carney esminetsi xusiylar Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalar va oʻziga tomon uchirgan 14 dona dronni urib tushirganini maʻʻlum qilgan edi.

Mavzuga aloqador