02.02.2024 16:10

Xitoy Tolibon bilan aloqalarni mustahkamlamoqda

Xitoy Tolibon bilan aloqalarni mustahkamlamoqda, Si Tszinlpin 30 yanvarʻ kuni Tolibon tomonidan tayinlangan elchi – Bilol Karimiydan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Undan avvalroq esa Xitoy Afgʻonistonga Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan keyin rasman yangi elchi tayinlagan birinchi davlat boʻlgandi.

XXR raisi Si Tszinʻpin 30 yanvarʻ kuni Pekinda boʻlib oʻtgan tantanali marosimda 42 mamlakat elchilari qatorida Afgʻonistonning Xitoydagi yangi elchisi Bilol Karimiydan ham ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Bilol Karimiy bungacha Tolibon hukumati matbuot kotibi oʻrinbosari boʻlib ishlagan, hokimiyatni Tolibon qoʻliga olgach, elchi boʻldi.

Si Tszinʻpin marosimdan soʻng oʻz nutqida Xitoy teng huquqlilik va oʻzaro manfaatlar asosida doʻstona munosabatlarni chuqurlashtirish va boshqa davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini taʻʻkidladi. Shuningdek, u bugungi dunyo qiyinchiliklardan xoli emasligini va toʻliq tinch emasligini taʻʻkidladi.

Avvalroq Xitoy Afgʻonistonga Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan keyin rasman yangi elchi tayinlagan birinchi davlat boʻldi. Sentyabrʻ oyida Chjao Sheng Kobulda Afgʻoniston de-fakto hukumati rahbari Muhammad Hasan Oxundga ishonch yorliqlarini topshirdi. Biroq Xitoy rasmiylari bu Tolibon hukumatini rasman tan olish belgisi ekanligini tasdiqlamadi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi avvalroq Chjao Shengning tayinlanishi ikki davlat oʻrtasidagi muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Afgʻonistondagi elchining standart rotatsiyasi ekanligini tushuntirgan edi.

Ayni paytda Tolibon Rossiya bilan ham oʻz hukumatini tan olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazayotganini eʻʻlon qilib, kelgusida hamkorlik qilish uchun diplomatik aloqalar zarurligini bildirgan.

Mavzuga aloqador