02.08.2024 15:00

Rossiyaning Tula viloyatida ish joyida namoz oʻqigan chet ellik jarimaga tortildi

Rossiyaning Tula viloyatida chet el fuqarosi (katta ehtimol bilan markaziy osiyolik) ish joyida boshqa tanishlari bilan birgalikda besh mahal namoz oʻqigani uchun “missionerlik” moddasi bilan ayblanib, jarimaga tortildi.

Rossiyaning Tula viloyati Aleksin shahri sudi chet el fuqarosini noqonuniy missionerlik faoliyatida aybdor deb topdi (Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 5.6-moddasi) va 35 ming rublʻ (407 dollar atrofida) miqdorida jarimaga tortdi, deya xabar qildi Islam News.

Aniqlanishicha, erkak Aleksin tumanidagi sanoat zonasidagi maʻʻmuriy binoning bir xonasida kuniga 5 vaqt namoz oʻqigan. U bilan birgalik boshqa dindosh tanishlari ham qoʻshilib namoz oʻqigani sud tomonidan missionerlik faoliyat bilan shugʻullanish sifatida malakalangan.

Qayd etilishicha, sud jarayonida ayblanuvchi oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlgan va kechirim soʻragan.

Avvalroq Milliy ishlar boʻyicha federal agentlik (FADN) Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar uchun yangi moslashish kursini tayyorlagan edi, unda boshqa narsalar qatori namozni qaerda oʻqish kerakligi ham koʻrsatilgan.

Mavzuga aloqador